O‘zbekistondagi soxta “koll-markaz” rossiyalik keksalar pulini firibgarlik bilan o‘zlashtirgan

© Depositphotos / belchonockNaruchniki i molotok sudi, arxivnoe foto
Naruchniki i molotok sudi, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2026
Obuna bo‘lish
Jinoiy sxema orqali keksa rossiyaliklarga “kompensatsiya” va’da qilingan va ulardan minglab rubl “soliq” undirilgani ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 12 fev — Sputnik. Farg‘ona va Toshkent shaharlarida binolarni ijaraga olib, “koll-markaz” niqobi ostida Rossiyaning asosan keksa fuqarolarini aldab kelgan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, jami 34 nafardan iborat guruhga Farg‘ona shahrida yashovchi 40 yoshli shaxs rahbarlik qilgan.
Ular Rossiyada dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar sotib olgan 70 mingdan ortiq mijozning ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, SIP telefoniya orqali qo‘ng‘iroq qilgan.
Operatorlar o‘zlarini huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki bank xodimi sifatida tanishtirib, “sifatsiz dori uchun 500–580 ming rubl kompensatsiya beriladi” deb ishontirgan.
Biroq mablag‘ni olish uchun avval 5–20 ming rubl “soliq” to‘lash talab qilingan. Natijada jabrlanuvchilar turli bank kartalariga jami 9 mln 599 ming 561 rubl (taxminan 1,3 mlrd so‘m) o‘tkazgan.
Shuningdek, guruhning 3 a’zosi litsenziyasiz tarzda 470 ming dollar (qariyb 6 mlrd so‘m) miqdorida kripto-aktiv aylanmasini amalga oshirgan.
Sud qaroriga ko‘ra, 21 nafar shaxs 3-yil 6 oydan 9-yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum etildi. Yana 13 nafarga 4-yil 3 oydan 4-yil 6 oygacha ozodlikni cheklash jazosi va jarimalar tayinlandi. Yetkazilgan moddiy zarar undiriladi.
V Uzbekistane raskrita gruppa moshennikov, deystvovavshix ot imeni Tamojennogo komiteta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2026
“Musodara tovarlar” soxta kanallari: IIV firibgarlar qo‘lga olinganini ma’lum qildi
Yangiliklar lentasi
0