https://oz.sputniknews.uz/20260412/ural-balet-fokin-shedevrlar-sahnalashtirilish-56869484.html
Alisher Navoiy nomidagi katta teatrda "Ural" baleti Fokin shedevrlari sahnalashtirildi
Alisher Navoiy nomidagi katta teatrda "Ural" baleti Fokin shedevrlari sahnalashtirildi
Sputnik O‘zbekiston
Alisher Navoiy nomidagi katta teatrda Xalqaro balet festivali doirasida "Ural" baletining Mixail Fokin bir pardali asarlaridan iborat kechasi namoyish etildi. Truppada Fokin xoreografiyasining dastlabki ruhini saqlashga urg‘u berildi.
2026-04-12T17:14+0500
2026-04-12T17:14+0500
2026-04-12T17:14+0500
madaniyat
o‘zbekiston
san’at
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/0c/56869297_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_ed61a6dcbe796afae8d8b8910de2edfe.jpg
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Yekaterinburgning "Ural Balet" jamoasi Toshkentda Mixail Fokinning bir pardali baletlari kechasini namoyish etdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Spektakl Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Xalqaro balet festivali doirasida tashkil etildi. Festival O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.Dasturdan "Atirgulning ko‘rinishi" miniaturasi, Fokin Anna Pavlova uchun yaratgan "Oqqush" raqami, Frederik Shopen musiqasiga qo‘yilgan "Shopeniana", shuningdek Robert Shuman musiqasiga yaratilgan "Karnaval" balet-pantomimasi o‘rin oldi. Rasmiy tavsifda bu kecha rus balet moderni va Dagilev davri ruhini bir sahnada jamlagan dastur sifatida taqdim etilgan."Ural Balet" kechasi festivalning 11–12 aprel kunlariga belgilangan dasturidan joy olgan. Xalqaro balet festivali esa 4-aprel kuni ochilgan bo‘lib, u Toshkent sahnasida turli mamlakatlar jamoalari ishtirokidagi bir qator namoyishlarni birlashtirmoqda.Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
https://oz.sputniknews.uz/20251013/qochqorov-balet-musobaqa-uch-orin-52652847.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/0c/56869297_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_a45db6c95ffbcc2cf65a93170ad31172.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, alisher navoiy teatri, xalqaro balet festivali, ural baleti, mixail fokin, maksim petrov, balet, o‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
toshkent, alisher navoiy teatri, xalqaro balet festivali, ural baleti, mixail fokin, maksim petrov, balet, o‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
Alisher Navoiy nomidagi katta teatrda "Ural" baleti Fokin shedevrlari sahnalashtirildi
Eksklyuziv
Yekaterinburgning "Ural Balet"i Toshkentda XX asr boshida jahon baletiga katta ta’sir ko‘rsatgan Mixail Fokinning bir pardali asarlaridan tuzilgan kechani namoyish etdi
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Yekaterinburgning "Ural Balet" jamoasi Toshkentda Mixail Fokinning bir pardali baletlari kechasini namoyish etdi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Spektakl Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida Xalqaro balet festivali doirasida tashkil etildi. Festival O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.
Dasturdan "Atirgulning ko‘rinishi" miniaturasi, Fokin Anna Pavlova uchun yaratgan "Oqqush" raqami, Frederik Shopen musiqasiga qo‘yilgan "Shopeniana", shuningdek Robert Shuman musiqasiga yaratilgan "Karnaval" balet-pantomimasi o‘rin oldi. Rasmiy tavsifda bu kecha rus balet moderni va Dagilev davri ruhini bir sahnada jamlagan dastur sifatida taqdim etilgan.
“Mixail Fokin baletlarining o‘ziga xos jihati uning uslubida. XX asr boshlarida bu klassik raqs san’ati uchun noodatiy hol edi. U yangi shakllar yaratish va ularni izlashga intilgan. Shu bois, ushbu spektakllarni qayta tiklash va rekonstruksiya qilish jarayonida biz uchun o‘sha davr ruhini saqlab qolish, Fokin xoreografiyasini u qanday tasavvur qilgan bo‘lsa, aynan o‘sha dastlabki ko‘rinishida qayta jonlantirish juda muhim edi. Va u deyarli to‘liq holda bugungi kungacha yetib kelgan”, — dedi "Ural Balet"ning badiiy rahbari va xoreografi Maksim Petrov.
"Ural Balet" kechasi festivalning 11–12 aprel kunlariga belgilangan dasturidan joy olgan. Xalqaro balet festivali esa 4-aprel kuni ochilgan bo‘lib, u Toshkent sahnasida turli mamlakatlar jamoalari ishtirokidagi bir qator namoyishlarni birlashtirmoqda.
Batafsil —
Sputnik O‘zbekiston videosida.