https://oz.sputniknews.uz/20260412/peskov-maxsus-operatsiya-56870217.html
Peskov: Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tortishuv sanoqli kilometrlarda qolgan
Peskov: Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tortishuv sanoqli kilometrlarda qolgan
Sputnik O‘zbekiston
Peskovning aytishicha, maxsus harbiy operatsiya Pasxa sulhi tugagach ham davom etadi. U Rossiya muvaqqat sulhni emas, barqaror tinchlikni istashini, buning uchun esa Vladimir Zelenskiy “tegishli qarorlar”ni qabul qilishi kerakligini bildirdi
2026-04-12T18:29+0500
2026-04-12T18:29+0500
2026-04-12T18:41+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
ukraina
vladimir zelenskiy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/07/51794736_0:178:3007:1869_1920x0_80_0_0_e3134cc18a87622d31340c8ebab20c5d.jpg
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi hududiy ixtiloflar sanoqli kilometrlarga borib taqaladi. Bu haqda Rossiya prezidening matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Vesti” jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlariga Donesk Xalq Respublikasining yana taxminan 17–18 foizini egallash qolgan va bu ma’muriy chegaralarga chiqishni anglatadi.Shuningdek, Dmitriy Peskovning aytishicha, maxsus harbiy operatsiya Pasxa sulhi muddati tugagandan so‘ng ham davom etadi va Ukrainadagi mojaro faqat Vladimir Zelenskiy “tegishli qarorlar”ni qabul qilgan taqdirdagina tinch yo‘nalishga o‘tishi mumkin.Shu bilan birga, Peskov Pasxa sulhini Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qabul qilingan gumanitar xususiyatga ega qaror deb atadi. Uning ta’kidlashicha, bu qadam pravoslav Pasxa bayrami munosabati bilan qabul qilingan, ammo Rossiya harbiylari ehtimoliy provokatsiyalarga tayyor turishi kerak.Peskov yana bir muhim jihatga e’tibor qaratdi: uning aytishicha, hatto Rossiya qo‘shinlari Donbassning ma’muriy chegaralariga chiqqan taqdirda ham, muzokaralar bosqichi oson kechmaydi. Kreml vakilining fikricha, bunday muzokaralar juda murakkab, sinchiklab olib boriladigan va tez yakunlanmaydigan jarayon bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260330/zelenskyy-raketalar-tanqislik-tan-olish-56605076.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/07/51794736_139:0:2870:2048_1920x0_80_0_0_8a407bc48396ee369864bc4ba96adda8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dmitriy peskov, vladimir putin, vladimir zelenskiy, pasxa sulhi, maxsus harbiy operatsiya, rossiya, ukraina, tinchlik muzokaralari, donbass
dmitriy peskov, vladimir putin, vladimir zelenskiy, pasxa sulhi, maxsus harbiy operatsiya, rossiya, ukraina, tinchlik muzokaralari, donbass
Peskov: Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tortishuv sanoqli kilometrlarda qolgan
18:29 12.04.2026 (yangilandi: 18:41 12.04.2026) Dmitriy Peskov Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi hududiy tortishuv “sanoqli kilometrlar”ga borib taqalganini aytdi. U, shuningdek, Pasxa sulhidan keyin ham maxsus operatsiya davom etishini bildirdi
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi hududiy ixtiloflar sanoqli kilometrlarga borib taqaladi. Bu haqda Rossiya prezidening matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Vesti” jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlariga Donesk Xalq Respublikasining yana taxminan 17–18 foizini egallash qolgan va bu ma’muriy chegaralarga chiqishni anglatadi.
Shuningdek, Dmitriy Peskovning aytishicha, maxsus harbiy operatsiya Pasxa sulhi muddati tugagandan so‘ng ham davom etadi va Ukrainadagi mojaro faqat Vladimir Zelenskiy “tegishli qarorlar”ni qabul qilgan taqdirdagina tinch yo‘nalishga o‘tishi mumkin.
“Rossiya muvaqqat sulhni emas, balki mustahkam va barqaror tinchlikni istaydi. Bunday tinchlik bugunning o‘zida ham boshlanishi mumkin”, — dedi Peskov “Vesti” muxbiri Pavel Zarubinga bergan
intervyusida.
Shu bilan birga, Peskov Pasxa sulhini Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qabul qilingan gumanitar xususiyatga ega qaror deb atadi. Uning ta’kidlashicha, bu qadam pravoslav Pasxa bayrami munosabati bilan qabul qilingan, ammo Rossiya harbiylari ehtimoliy provokatsiyalarga tayyor turishi kerak.
Peskov yana bir muhim jihatga e’tibor qaratdi: uning aytishicha, hatto Rossiya qo‘shinlari Donbassning ma’muriy chegaralariga chiqqan taqdirda ham, muzokaralar bosqichi oson kechmaydi. Kreml vakilining fikricha, bunday muzokaralar juda murakkab, sinchiklab olib boriladigan va tez yakunlanmaydigan jarayon bo‘ladi.