https://oz.sputniknews.uz/20260330/zelenskyy-raketalar-tanqislik-tan-olish-56605076.html
Zelenskiy raketalar tanqisligini, Podolyak Ukraina hududlari qaytmasligini tan oldi
Zelenskiy raketalar tanqisligini, Podolyak Ukraina hududlari qaytmasligini tan oldi
Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy Ukrainada ballistikaga qarshi vositalar, dizel va energetika bo‘yicha muammolarni tan oldi. Podolyak esa 1991-yilgi chegaralarga qaytish narxi juda yuqori ekanini bildirdi.
2026-03-30T19:19+0500
2026-03-30T19:19+0500
2026-03-30T19:19+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
vladimir zelenskiy
ukraina
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1e/41326562_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_8ce1e648f2d8e707577f7d10542b342d.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukrainada ballistikaga qarshi raketalar tanqisligi, energetika sohasidagi muammolar va dizel yoqilg‘isi yetishmasligini ochiq tan oldi. Uning aytishicha, Kiyev aynan shu sababli Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar va Iordaniya bilan faol muzokaralar olib borgan. Zelenskiy bu davlatlarga dronlarga qarshi tajriba va hamkorlik taklif qilar ekan, evaziga Ukraina uchun eng og‘riqli masalalardan biri — havo mudofaasi, ayniqsa "Patriot" raketalari yetishmovchiligini hal etishga urinmoqda.Bu Kiyevdan so‘nggi kunlarda yangragan yagona keskin signal emas. Zelenskiy avvalroq Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlariga qo‘shimcha ravishda yadro quroliga ega bo‘lishni istashini ham aytgan edi.Bu bayonotlar fonida Zelenskiy ofisi maslahatchisi Mixail Podolyakning so‘zlari Kiyevning real imkoniyatlari haqidagi bahsni yanada ochiqroq qildi. U Ukraina 1991-yilgi chegaralarigacha barcha hududlar ustidan nazoratni qaytarib ola olmasligini tan oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20260323/zelenskiy-56458243.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/1e/41326562_296:0:3025:2047_1920x0_80_0_0_1a76afd8a99fa2c15c04b2f309d16160.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, vladimir zelenskiy, mixail podolyak, patriot, raketa tanqisligi, 1991-yil chegaralari, kiyev, saudiya arabistoni, baa, qatar, iordaniya, nato, yadro quroli
ukraina, vladimir zelenskiy, mixail podolyak, patriot, raketa tanqisligi, 1991-yil chegaralari, kiyev, saudiya arabistoni, baa, qatar, iordaniya, nato, yadro quroli
Zelenskiy raketalar tanqisligini, Podolyak Ukraina hududlari qaytmasligini tan oldi
Zelenskiy Ukrainada ballistikaga qarshi vositalar, dizel va energetika bo‘yicha muammolarni tan oldi. Podolyak esa 1991-yilgi chegaralarga qaytish badali juda yuqori ekanini bildirdi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukrainada ballistikaga qarshi raketalar tanqisligi, energetika sohasidagi muammolar va dizel yoqilg‘isi yetishmasligini ochiq
tan oldi.
Uning aytishicha, Kiyev aynan shu sababli Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar va Iordaniya bilan faol muzokaralar olib borgan. Zelenskiy bu davlatlarga dronlarga qarshi tajriba va hamkorlik taklif qilar ekan, evaziga Ukraina uchun eng og‘riqli masalalardan biri — havo mudofaasi, ayniqsa "Patriot" raketalari yetishmovchiligini hal etishga urinmoqda.
Bu Kiyevdan so‘nggi kunlarda yangragan yagona keskin signal emas. Zelenskiy avvalroq Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlariga qo‘shimcha ravishda yadro quroliga ega bo‘lishni istashini ham aytgan edi.
"Ukraina qanday xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘lishi kerak? NATO? Yadro qurolimi? Shunda bizga shunday deyishlari kerak: "Biz sizga NATOni beramiz va biz sizga yadro qurolini beramiz," - deya Zelenskiyning so‘zlarini keltiradi Ukrainaning "Strana.ua" nashri.
Bu bayonotlar fonida Zelenskiy ofisi maslahatchisi Mixail Podolyakning so‘zlari Kiyevning real imkoniyatlari haqidagi bahsni yanada ochiqroq qildi. U Ukraina 1991-yilgi chegaralarigacha barcha hududlar ustidan nazoratni qaytarib ola olmasligini tan oldi.
"Shunday bo‘lsa-da, biz hali barcha hududlar ustidan nazoratni qaytarib olmaymiz (1991 yilgi chegaralargacha - tahr.). Badali... juda yuqori", - dedi Podolyak o‘z intervyusida.