Tarixda ilk bor: UzNIF aksiyalari London va Toshkent birjalariga chiqariladi

© REUTERSAksii UzNIF budut vistavleni na Londonskoy i Tashkentskoy birjax
Aksii UzNIF budut vistavleni na Londonskoy i Tashkentskoy birjax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2026
Obuna bo‘lish
Mazkur qadam O‘zbekistonning xalqaro investorlar bilan ochiq va shaffof qoidalar asosida ishlashga tayyor ekanini ko‘rsatuvchi muhim signal sifatida baholanmoqda.
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalarini bir vaqtning o‘zida ikki maydon — Toshkent va London fond birjalarida joylashtirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
IPO jarayonini jamg‘armaning ishonchli boshqaruvchisi bo‘lgan “Franklin Templeton” xalqaro investitsiya kompaniyasi muvofiqlashtirmoqda. Jamg‘arma saytida qayd etilishicha, UzNIFga 13 ta davlat korxonasidagi minoritar ulushlar berilgan bo‘lib, ularning qiymati taxminan 2,44 milliard dollarga baholanmoqda.
Mirziyoyevaga ko‘ra, bu qadam xorijiy investorlar uchun aniq va kuchli ishoradir. U O‘zbekiston global qoidalar asosida ochiq va shaffof ishlashga tayyor ekanini ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2026-yil yakuniga qadar Milliy investitsiya jamg‘armasi ustav kapitalidagi 30 foizgacha aksiyalar paketining xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi ommaviy taklifi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Prezidentu predstavleni novie initsiativi v oblasti finansov i sifrovix texnologiy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2026
Mirziyoyev Toshkent xalqaro moliya markazi va islomiy moliya bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0