Mirziyoyev Toshkent xalqaro moliya markazi va islomiy moliya bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentu predstavleni novie initsiativi v oblasti finansov i sifrovix texnologiy
Prezidentu predstavleni novie initsiativi v oblasti finansov i sifrovix texnologiy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda investorlar uchun yangi huquqiy va moliyaviy imkoniyatlar yaratish, IT eksportni oshirish hamda islomiy bank xizmatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish, Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini yo‘lga qo‘yish hamda bank tizimida islomiy moliya mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilda 50 milliard dollardan ziyod investitsiya jalb qilish maqsadiga erishish uchun investorlar uchun zamonaviy infratuzilma, xalqaro standartlarga mos huquqiy rejim va shaffof biznes muhiti yaratish zarur.
Taqdimotda ta’kidlanishicha hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030-yilgacha Toshkent xalqaro moliya markazi iqtisodiyotga qo‘shimcha 20-25 milliard dollar jalb qilishi, 15 minggacha yuqori malakali ish o‘rni yaratilishiga xizmat qilishi mumkin.
Markaz uchun maxsus huquqiy rejim joriy etish rejalashtirilgan.
Unga ko‘ra:
Angliya va Uelsning umumiy huquqi qonunga zid bo‘lmagan darajada tatbiq etiladi;
markaz boshqaruv organlari o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qabul qiladi;
Toshkent xalqaro tijorat sudi va xalqaro arbitraj markazi tashkil etiladi.
Shuningdek, rezidentlarga kapitalning erkin harakati, erkin valyuta operatsiyalari, imtiyozli soliq rejimi va soddalashtirilgan viza tartibi kabi imkoniyatlar yaratiladi. Markazning asosiy yo‘nalishlari moliya, investitsiya, bank, sug‘urta, raqamli aktivlar va fintex xizmatlaridan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi yo‘nalish — “Enterprise Uzbekistan” brendi ostida Raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etish. Ushbu markaz uchun 2100-yilgacha amal qiladigan maxsus huquqiy rejim nazarda tutilgan.
Unda:
— tartibga solish “qumdoni” doirasida yangi yechimlar sinovdan o‘tkaziladi;
— ish haqini xorijiy valyutada to‘lash mumkin bo‘ladi;
— xalqaro mehnat standartlari joriy etiladi;
— ma’lumotlarni xalqaro standartlar va bulutli texnologiyalar asosida qayta ishlashga sharoit yaratiladi.
Shu bilan birga, intellektual mulkni himoya qilish, startaplar, investitsiyalar va eksport uchun qulay muhit, soliq va bojxona yengilliklari joriy etiladi. Markazning asosiy yo‘nalishlari sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, tadqiqot va ishlanmalar, startaplar va data-markazlardan iborat bo‘ladi.
2030 yilgacha mazkur markaz orqali 1 minggacha kompaniyani jalb qilish, 300 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish va 5 milliard dollarlik eksport salohiyatiga chiqish rejalashtirilgan.
Taqdimotda O‘zbekistonda islomiy moliya xizmatlarini joriy qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Unda murobaha, muzoraba, vakala, salam, istisno, mushoraka va islomiy ijara kabi moliyaviy instrumentlarni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek:
— sotilgan tovar ustamasiga QQS hisoblanmaydi;
— investitsiyaviy omonatdan olingan daromad soliqdan ozod qilinadi;
— islomiy ijara shartnomalari moliyaviy ijara va lizingga tenglashtiriladi.
Sohada tizimli boshqaruvni ta’minlash uchun Markaziy bank huzurida Islomiy moliya kengashi tashkil etiladi. Joriy yilda kamida bitta tijorat bankida islomiy “darcha” ochish, 2030-yilgacha esa to‘liq islomiy bank sifatida ishlaydigan ikkita bank tashkil etish rejalashtirilgan.
Qayd etilishicha, bu yangiliklar orqali 2026-2030 yillarda qo‘shimcha 1 milliard dollar investitsiya va depozit jalb qilish imkoniyati yaratiladi.
Davlat rahbari mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
26-zasedanie Senata Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2026
O‘zbekistonda islomiy bank faoliyati joriy etiladi
Yangiliklar lentasi
0