https://oz.sputniknews.uz/20260409/mirziyoev-temuriylar-tarix-muzey-tashrif-56801114.html
Mirziyoyev rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi muzeyiga tashrif buyurdi
Mirziyoyev rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi muzeyiga tashrif buyurdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi. Muzeyda yangi ekspozitsiyalar, sun’iy intellekt asosidagi interaktiv texnologiyalar va xorijdan olib kelingan eksponatlar namoyish etilmoqda.
2026-04-09T15:23+0500
2026-04-09T15:23+0500
2026-04-09T15:47+0500
o‘zbekiston
jamiyat
amir temur
toshkent
muzey
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/09/56800792_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_cb52f6e4842573fe24b1bc58b4467d77.jpg
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.Qayd etilishicha, Amir Temur Movarounnahrni yagona davlat sifatida birlashtirib, qudratli saltanatga asos solgan. U “Temur tuzuklari” orqali davlat boshqaruvi mezonlarini belgilab bergan, ilm-fan va madaniyat rivojiga hissa qo‘shgan. Uning davrida bunyod etilgan obidalar xalqning milliy g‘ururi va boy merosi hisoblanadi.Amir Temur tavalludining 690-yilligini keng nishonlash maqsadida joriy yil 5-fevralda prezident qarori qabul qilingan.Muzeyning birinchi qavatida “Buyuk Sohibqiron – Ikkinchi Renessans asoschisi” bo‘limi tashkil etilgan. Ikkinchi qavatda esa sun’iy intellekt va “aqlli” texnologiyalar asosida Amir Temur davri hamda temuriylar haqida interaktiv ekspozitsiyalar joylashtirilgan. Shuningdek, 3D formatdagi eksponatlar va xaritalar ham namoyish qilinmoqda.Tashrif yakunida prezident muzey mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi
https://oz.sputniknews.uz/20260318/mirziyoev-islom-tsivilizatsiya-markaz-ochilish-56342413.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/09/56800792_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_aa74623b9b1c2c24c1a7e3199ffa26c3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, amir temur, temuriylar tarixi muzeyi, muzey rekonstruksiyasi, temur tuzuklari, temuriylar renessansi, sun’iy intellekt, interaktiv ekspozitsiya
shavkat mirziyoyev, amir temur, temuriylar tarixi muzeyi, muzey rekonstruksiyasi, temur tuzuklari, temuriylar renessansi, sun’iy intellekt, interaktiv ekspozitsiya
Mirziyoyev rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi muzeyiga tashrif buyurdi
15:23 09.04.2026 (yangilandi: 15:47 09.04.2026) Shavkat Mirziyoyev Amir Temurning 690-yilligi munosabati bilan yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurib, yangi ekspozitsiyalar bilan tanishdi.
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar qildi.
Qayd etilishicha, Amir Temur Movarounnahrni yagona davlat sifatida birlashtirib, qudratli saltanatga asos solgan. U “Temur tuzuklari” orqali davlat boshqaruvi mezonlarini belgilab bergan, ilm-fan va madaniyat rivojiga hissa qo‘shgan. Uning davrida bunyod etilgan obidalar xalqning milliy g‘ururi va boy merosi hisoblanadi.
Amir Temur tavalludining 690-yilligini keng nishonlash maqsadida joriy yil 5-fevralda prezident qarori qabul qilingan.
Qaror ijrosi doirasida Temuriylar tarixi davlat muzeyi rekonstruksiya qilinib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. Muzey imkoniyatlari raqamlashtirish orqali kengaytirildi, ekspozitsiyalar yangilandi va xorijdagi to‘plamlardan xarid qilingan eksponatlar bilan boyitildi.
Muzeyning birinchi qavatida “Buyuk Sohibqiron – Ikkinchi Renessans asoschisi” bo‘limi tashkil etilgan. Ikkinchi qavatda esa sun’iy intellekt va “aqlli” texnologiyalar asosida Amir Temur davri hamda temuriylar haqida interaktiv ekspozitsiyalar joylashtirilgan. Shuningdek, 3D formatdagi eksponatlar va xaritalar ham namoyish qilinmoqda.
Tashrif yakunida prezident muzey mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi