https://oz.sputniknews.uz/20260318/mirziyoev-islom-tsivilizatsiya-markaz-ochilish-56342413.html
Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishi va iftorlik marosimida ishtirok etdi
Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishi va iftorlik marosimida ishtirok etdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishida ishtirok etdi. Markazda Usmon Mushafi, nodir qo‘lozmalar va minglab tarixiy eksponatlar jamlangani ta’kidlandi.
2026-03-18T09:23+0500
2026-03-18T09:23+0500
2026-03-18T09:54+0500
islom sivilizatsiyasi markazi
shavkat mirziyoyev
madaniy boyliklar
tarix
ramazon
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/12/56343014_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_c3ef5505ab165b17390460edb807403a.jpg
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi hamda iftorlik marosimida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Tadbirda hududlardan studiyalar orqali nuroniylar, olimlar, diniy ulamolar, jamoatchilik vakillari, shuningdek, turli millat va diniy konfessiyalar a’zolari, diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.Prezident markazning ochilishini xalq hayotidagi tarixiy voqea deb atadi. Qayd etilishicha, mazkur majmua O‘zbekistonning ko‘p ming yillik tarixi, boy madaniyati va islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etishga xizmat qiladi. Ta’kidlanishicha, markaz salkam 10 gektar hududda joylashgan bo‘lib, unda “O‘zbekiston zaminida islomgacha bo‘lgan davr”, “Birinchi va Ikkinchi Renessans”, “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans poydevori” kabi ekspozitsiyalar yaratilgan.Markaz o‘zining noyob ko‘lami va me’moriy o‘lchamlari tufayli islom tarixi, madaniyati va sivilizatsiyasiga bag‘ishlangan dunyodagi eng yirik majmualardan biri sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin.Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Markazni boyitish maqsadida o‘tgan yilning o‘zida 1,5 mingtadan ortiq eksponat, jumladan, 800 taga yaqin qo‘lozma, arxeologik topilma va tarixiy xaritalar joylashtirilgan, xorijdan 743 ta asl eksponat olib kelingan. Markazni loyihalash va jihozlash ishlarida qator xorijiy davlatlardan mutaxassislar ishtirok etgan.Shavkat Mirziyoyev Markaz kelgusida islom merosini o‘rganish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va yosh avlodni ilm-ma’rifat ruhida tarbiyalash uchun muhim baza bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, u olimlar, ijodkorlar va jurnalistlarni ushbu boy merosdan ilhomlanib, xalq tarixi va madaniyatini keng targ‘ib qilishga chaqirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251123/islom-tsivilizatsiyasi-markazi-asrlar-boylab-sayohat-53650264.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/12/56343014_70:0:1207:853_1920x0_80_0_0_709840a5f1216c237e7a88dd4d1b402e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, toshkent, shavkat mirziyoyev, islom sivilizatsiyasi markazi, hazrati imom, usmon mushafi, ramazon, iftorlik marosimi, qo‘lozmalar, tarixiy eksponatlar, muzey, madaniy meros, islom tarixi, bmt, icesco, ircica
o‘zbekiston, toshkent, shavkat mirziyoyev, islom sivilizatsiyasi markazi, hazrati imom, usmon mushafi, ramazon, iftorlik marosimi, qo‘lozmalar, tarixiy eksponatlar, muzey, madaniy meros, islom tarixi, bmt, icesco, ircica
Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishi va iftorlik marosimida ishtirok etdi
09:23 18.03.2026 (yangilandi: 09:54 18.03.2026) Toshkentda ochilgan yangi majmua O‘zbekistonning ko‘p asrlik ilmiy va ma’naviy merosini namoyon etish, uni jahonga keng targ‘ib qilishga xizmat qilishi aytildi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilishi hamda iftorlik marosimida ishtirok etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Tadbirda hududlardan studiyalar orqali nuroniylar, olimlar, diniy ulamolar, jamoatchilik vakillari, shuningdek, turli millat va diniy konfessiyalar a’zolari, diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Davlat rahbari yig‘ilganlarni muborak Ramazon oyi bilan tabriklab, bu oyda mamlakatda keksa va nogironlar, kam ta’minlangan oilalar, ehtiyojmand insonlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish, tibbiy ko‘rik va davolash ishlari kengayganini ta’kidladi.
Prezident markazning ochilishini xalq hayotidagi tarixiy voqea deb atadi. Qayd etilishicha, mazkur majmua O‘zbekistonning ko‘p ming yillik tarixi, boy madaniyati va islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etishga xizmat qiladi.
Ta’kidlanishicha, markaz salkam 10 gektar hududda joylashgan bo‘lib, unda “O‘zbekiston zaminida islomgacha bo‘lgan davr”, “Birinchi va Ikkinchi Renessans”, “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans poydevori” kabi ekspozitsiyalar yaratilgan.
Majmuaning asosiy zali — Qur’on zalida dunyodagi eng qadimiy Qur’oni karim nusxalaridan biri bo‘lgan Usmon Mushafi, shuningdek, ko‘plab nodir qo‘lozmalar joy olgan.
Markaz o‘zining noyob ko‘lami va me’moriy o‘lchamlari tufayli islom tarixi, madaniyati va sivilizatsiyasiga bag‘ishlangan dunyodagi eng yirik majmualardan biri sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilishi mumkin.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Markazni boyitish maqsadida o‘tgan yilning o‘zida 1,5 mingtadan ortiq eksponat, jumladan, 800 taga yaqin qo‘lozma, arxeologik topilma va tarixiy xaritalar joylashtirilgan, xorijdan 743 ta asl eksponat olib kelingan. Markazni loyihalash va jihozlash ishlarida qator xorijiy davlatlardan mutaxassislar ishtirok etgan.
Shavkat Mirziyoyev Markaz kelgusida islom merosini o‘rganish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va yosh avlodni ilm-ma’rifat ruhida tarbiyalash uchun muhim baza bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, u olimlar, ijodkorlar va jurnalistlarni ushbu boy merosdan ilhomlanib, xalq tarixi va madaniyatini keng targ‘ib qilishga chaqirdi.