Olmaliq KMKning Angrendagi kon boshqarmasi oqova suvlarni daroga oqizgani aniqlandi

© Komitet po ekologii i izmeneniyu klimataNa Almalikskom GMK zafiksirovano narushenie ekologicheskix trebovaniy
Na Almalikskom GMK zafiksirovano narushenie ekologicheskix trebovaniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2026
Obuna bo‘lish
Korxonaga 48 mlrd so‘m qo‘shimcha kompensatsiya belgilanib, 20 banddan iborat majburiy ko‘rsatma berildi.
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Toshkent viloyati hududida o‘tkazilgan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbirlarida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ faoliyatida bir qator ekologik talablar buzilgani aniqlandi.
Qayd etilishicha, reyd davomida korxona tomonidan ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan xavfli toifaga kiruvchi chiqindilar noqonuniy ravishda ochiq maydonlarda saqlanayotgani, bu esa yer va yerosti suvlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, OKMKning Angren shahrida joylashgan kon boshqarmasida ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘lgan oqova suvlar belgilangan tartibda samarali tozalanmagani aniqlangan.
Tozalash uskunalari eskirgani va tozalash samaradorligi pastligi sababli ushbu suvlar chiqindiga aylanib, Angren darosiga oqizib kelingani qayd etilgan.
Mazkur qonunbuzarliklar yuzasidan korxonaga nisbatan 48 milliard so‘m qo‘shimcha kompensatsiya belgilandi. Shuningdek, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 20 banddan iborat bajarilishi majburiy ko‘rsatmalar berildi.
Chorniy zavodskoy dim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2026
Ekologiyani buzganlar uchun jarimalar: qonun loyihasi qabul qilindi
Yangiliklar lentasi
0