https://oz.sputniknews.uz/20260127/ekologiya-jarimalar-qonun-loyiha-55297114.html
Ekologiyani buzganlar uchun jarimalar: qonun loyihasi qabul qilindi
Ekologiyani buzganlar uchun jarimalar: qonun loyihasi qabul qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Ekologiyani buzgan yuridik shaxslarga jarimalar joriy etiladi. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida qabul qilinib, Senatga yuborildi
2026-01-27T13:55+0500
2026-01-27T13:55+0500
2026-01-27T13:55+0500
o‘zbekiston
jamiyat
davlat ekologiya qo‘mitasi
ekologiya
qoidabuzarlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/18/53700173_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_9ad8ac4f02921719b438fa040b09d236.jpg
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi va belgilangan tartibda Senatga yuborildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.Qonunga ko‘ra, tabiatga zarar yetkazadigan qator huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga moliyaviy jarimalar qo‘llanadi. Jumladan:Qonun loyihasida sanoat va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash jarayonlarida ekologik talablarga rioya etmaslik uchun ham moliyaviy sanksiyalar joriy etilishi nazarda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251126/tashkent-korxona-faoliyat-toxtatilish-53759157.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/18/53700173_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_b964424465ede4f2ca73590b67cf89c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, ekologiya, jarima, daraxt kesish, chiqindi yoqish, havo ifloslanishi, suv ifloslanishi, qonunchilik palatasi
o‘zbekiston, ekologiya, jarima, daraxt kesish, chiqindi yoqish, havo ifloslanishi, suv ifloslanishi, qonunchilik palatasi
Ekologiyani buzganlar uchun jarimalar: qonun loyihasi qabul qilindi
Qonunchilik palatasi atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonun loyihasini qabul qildi. Hujjatda daraxt kesish, chiqindilarni yoqish va havoni ifloslantirish uchun jarimalar nazarda tutilgan
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi va belgilangan tartibda Senatga yuborildi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati
xabar berdi.
Qonunga ko‘ra, tabiatga zarar yetkazadigan qator huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga moliyaviy jarimalar qo‘llanadi. Jumladan:
daryo o‘zanlaridan noruda materiallarni noqonuniy qazib olish;
daraxt va butalarni noqonuniy kesish;
atmosferaga meyordan ortiq zararli moddalar chiqarish;
qurilish maydonlarida chang va qum tarqalishini bartaraf etmaslik;
ruxsat etilmagan joylarda chiqindilarni yoqish.
Shuningdek, issiqxonalar, ishlab chiqarish binolari va yondirish uskunalarida shinalar, bitum, mazut, plonka, rezina va shunga o‘xshash zararli chiqindilarni yoqish ham ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Qonun loyihasida sanoat va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish, saqlash, utilizatsiya qilish va qayta ishlash jarayonlarida ekologik talablarga rioya etmaslik uchun ham moliyaviy sanksiyalar joriy etilishi nazarda tutilgan.