https://oz.sputniknews.uz/20260409/iran-usa-muzokara-xavotirlar-56793530.html
Sulh saqlanadimi: Eron–AQSh muzokaralari arafasida xavotirlar kuchaydi
Sulh saqlanadimi: Eron–AQSh muzokaralari arafasida xavotirlar kuchaydi
Sputnik O‘zbekiston
Islomobodda Eron va AQSh o‘rtasida 10 band bo‘yicha muzokaralar boshlanmoqda. Shu paytda Vashington harbiy bosimni saqlab, Tomahawk xaridini keskin oshirmoqda, Tehron esa shartlar buzilganini aytmoqda.
2026-04-09T11:57+0500
2026-04-09T11:57+0500
2026-04-09T12:31+0500
aqsh – eron mojarosi
donald tramp
jey vens
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/09/56794590_0:29:3072:1757_1920x0_80_0_0_d38a1744f6c55303c55208e83afe1562.jpg
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Eron delegatsiyasi AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish uchun payshanba kuni Pokistonga keladi. Bu haqda Eronning Pokistondagi elchisi Rizo Amiri Muqadam ma’lum qildi. Elchining ta’kidlashicha, Isroil tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi bir necha bor buzilgani sababli Eron jamoatchiligida shubhalar kuchayganiga qaramay, Eron delegatsiyasi bugun Islomobodga Eron tomoni taklif qilgan 10 ta band yuzasidan muzokara o‘tkazish uchun keladi.Shu bilan birga, u eronliklar oqilona yo‘l tutishiga umid qilishini aytdi. Vens so‘zlariga ko‘ra, AQSh muzokaralarda Erondan yadro quroli yaratish maqsadida uranni boyitmaslikni talab qiladi.Bu orada AQSh prezidenti Donald Tramp "Truth Social" tarmog‘ida erishilgan haqiqiy kelishuv to‘liq bajarilmaguncha Amerika kemalari, samolyotlari va harbiylari Eron hududi va uning atrofida qolishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bu amalga oshmasa, “har qachongidan ham keng ko‘lamli, takomillashtirilgan va kuchli otishma” boshlanishi mumkin. Vens esa, agar kemalar Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan erkin o‘tmasa, AQSh Eron bilan sulh shartlariga rioya qilmasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, AQSh tomonining taklifi — o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralar, Eron tomonidan kutilayotgan qadam esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishdir.Eron parlamenti spikeri Muhammad Baqir Qolibof esa muzokaralar boshlanishidan oldin AQSh Eronning 10 banddan iborat taklifidagi uchta asosiy shartni buzganini bildirdi. Uning aytishicha, bular — Livanda o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilmagani, Lar shahri hududida Eron havo makoniga dron kirgani va Eronning uranni boyitish huquqi rad etilganidir.RIA Novosti Pentagonning yangi budjet hujjatlariga tayanib xabar berishicha, AQSh "Tomahawk" raketalarini sotib olish hajmini 14 baravardan ko‘proqqa oshirishni rejalashtirmoqda. Yangi xaridlardan tashqari, mavjud raketalarni modernizatsiya qilish uchun ham 1,5 milliard dollar so‘ralgan, bu 2026-moliyaviy yil ko‘rsatkichidan 217 foizga ko‘p. "Tomahawk" zaxiralari bo‘yicha umumiy maqsadli ko‘rsatkich 3992 birlik etib belgilangan. AQSh Quruqlikdagi qo‘shinlari ham bu maqsadlar uchun 2,7 milliard dollar so‘ragan. RIA Novosti hisob-kitoblariga ko‘ra, bu joriy yilda ajratilgan mablag‘dan 33 baravar ko‘p.
https://oz.sputniknews.uz/20260408/ikki-hafta-sulh-iran-usa-56767405.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/09/56794590_194:0:2925:2048_1920x0_80_0_0_555586ac40acb4fc8e3ee8ad79b23c69.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eron, aqsh, pokiston, islomobod, rizo amiri mogadam, jey di vens, donald tramp, hormuz bo‘g‘ozi, binyamin netanyaxu, hizbulloh, muhammad bagir g‘olibof, tomahawk, yadro dasturi, uranni boyitish,
eron, aqsh, pokiston, islomobod, rizo amiri mogadam, jey di vens, donald tramp, hormuz bo‘g‘ozi, binyamin netanyaxu, hizbulloh, muhammad bagir g‘olibof, tomahawk, yadro dasturi, uranni boyitish,
Sulh saqlanadimi: Eron–AQSh muzokaralari arafasida xavotirlar kuchaydi
11:57 09.04.2026 (yangilandi: 12:31 09.04.2026) Ayni paytda AQSh harbiy kuchlarini olib ketmasligini aytmoqda, Netanyaxu sulhni buzishga urinayotgani aytilmoqda, Eron sulhni buzish holatlari allaqachon boshlanganini iddao qilmoqda.
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Eron delegatsiyasi AQSh bilan muzokaralar o‘tkazish uchun payshanba kuni Pokistonga keladi. Bu haqda Eronning Pokistondagi elchisi Rizo Amiri Muqadam
ma’lum qildi.
Elchining ta’kidlashicha, Isroil tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi bir necha bor buzilgani sababli Eron jamoatchiligida shubhalar kuchayganiga qaramay, Eron delegatsiyasi bugun Islomobodga Eron tomoni taklif qilgan 10 ta band yuzasidan muzokara o‘tkazish uchun keladi.
AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens chorshanba kuni Eron bilan muzokaralarga optimistik qarashini aytdi. U jurnalistlarga “juda ko‘p narsa xavf ostida” ekanini, agar Tehron Vashington kutgan qadamni tashlamasa, “hammasi yomon bo‘lishi” mumkinligini bildirdi.
Shu bilan birga, u eronliklar oqilona yo‘l tutishiga umid qilishini aytdi. Vens so‘zlariga ko‘ra, AQSh muzokaralarda Erondan yadro quroli yaratish maqsadida uranni boyitmaslikni talab qiladi.
Bu orada AQSh prezidenti Donald Tramp "Truth Social" tarmog‘ida erishilgan haqiqiy kelishuv to‘liq bajarilmaguncha Amerika kemalari, samolyotlari va harbiylari Eron hududi va uning atrofida qolishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bu amalga oshmasa, “har qachongidan ham keng ko‘lamli, takomillashtirilgan va kuchli otishma” boshlanishi mumkin.
Vens esa, agar kemalar Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan erkin o‘tmasa, AQSh Eron bilan sulh shartlariga rioya qilmasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, AQSh tomonining taklifi — o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralar, Eron tomonidan kutilayotgan qadam esa Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishdir.
"Politico" nashri yevropalik amaldorga tayanib xabar berishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Livandagi “Hizbulloh” harakati obyektlariga hujumlar orqali Eron bilan erishilgan sulhni buzishga urinayotgan bo‘lishi mumkin.
Eron parlamenti spikeri Muhammad Baqir Qolibof esa muzokaralar boshlanishidan oldin AQSh Eronning 10 banddan iborat taklifidagi uchta asosiy shartni buzganini bildirdi. Uning aytishicha, bular — Livanda o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilmagani, Lar shahri hududida Eron havo makoniga dron kirgani va Eronning uranni boyitish huquqi rad etilganidir.
RIA Novosti Pentagonning yangi budjet hujjatlariga tayanib xabar berishicha, AQSh "Tomahawk" raketalarini sotib olish hajmini 14 baravardan ko‘proqqa oshirishni rejalashtirmoqda.
2027 moliyaviy yil uchun 785 ta "Tomahawk" xaridiga 3 milliard dollar so‘ralgan, holbuki joriy moliya yilida sentabrgacha atigi 55 dona xarid qilinishi kutilmoqda. Avvalroq AQSh Erondagi operatsiyaning birinchi oyida 850 tadan ortiq "Tomahawk" ishlatgani aytilgan edi.
Yangi xaridlardan tashqari, mavjud raketalarni modernizatsiya qilish uchun ham 1,5 milliard dollar so‘ralgan, bu 2026-moliyaviy yil ko‘rsatkichidan 217 foizga ko‘p. "Tomahawk" zaxiralari bo‘yicha umumiy maqsadli ko‘rsatkich 3992 birlik etib belgilangan.
AQSh Quruqlikdagi qo‘shinlari ham bu maqsadlar uchun 2,7 milliard dollar so‘ragan. RIA Novosti hisob-kitoblariga ko‘ra, bu joriy yilda ajratilgan mablag‘dan 33 baravar ko‘p.