Tramp ikki haftalik sulhga rozi bo‘ldi — Eron buni AQSh ustidan g‘alaba deb atadi
Tramp ikki haftalik sulhga rozi bo‘ldi — Eron buni AQSh ustidan g‘alaba deb atadi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik sulhga rozi bo‘lganini ma’lum qildi. Tehron esa bu qarorni Vashington ustidan qozonilgan g‘alaba sifatida baholadi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik sulhga rozi bo‘lganini ma’lum qildi. Tehron esa bu qarorni Qo‘shma Shtatlar ustidan qozonilgan g‘alaba deb atadi.Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Pokiston vositachiligida tuzilgan ikki haftalik sulhni e’lon qildi.Tramp, shuningdek, Tehrondan 10 bandli taklif kelib tushganini va uni muzokaralar uchun “ishchi asos” deb baholayotganini aytdi. Pokiston tomoni AQSh va Eron delegatsiyalarini juma kuni Islomobodda uchrashuv o‘tkazishga taklif qildi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy esa hujumlar to‘xtasa, Tehron qarshi zarbalarni to‘xtatishi va bo‘g‘oz orqali xavfsiz o‘tishni ta’minlashini ma’lum qildi.Ikki haftalik sulh davomida yakuniy kelishuvni rasmiylashtirish rejalashtirilgan. Sulhga erishishga Xitoy ham yordam bergani aytilmoqda.Isroil ham AQShning ikki haftalik tanaffus to‘g‘risidagi qaroriga qo‘shildi. Biroq Binyamin Netanyaxu idorasi bu kelishuv Livandagi amaliyotlarga taalluqli emasligini bildirdi.Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi AQSh bilan urushda g‘alaba qozonganini e’lon qildi.Kengash bayonotiga ko‘ra, AQSh Hurmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni Tehronga qoldirishga, tovon to‘lashga, sanksiyalarni bekor qilishga, uranni boyitishni davom ettirishga va Yaqin Sharqdan qo‘shinlarni olib chiqishga rozi bo‘lgan.Shu bilan birga, Trampning o‘zi ham AFPga bergan qisqa izohida buni AQShning “to‘liq va mutlaq g‘alabasi” deb atadi.Olti haftadan beri davom etayotgan urush, hukumat manbalari va inson huquqlari tashkilotlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘nga yaqin mamlakatda 5000 nafardan ortiq, jumladan, Eronda 1600 dan ortiq tinch aholining hayotiga zomin bo‘ldi.
Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik sulhga rozi bo‘lganini aytdi. Tehron buni AQSh ustidan g‘alaba deb atadi, Tramp esa Vashington “to‘liq va mutlaq g‘alaba”ga erishganini bildirdi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan ikki haftalik sulhga rozi bo‘lganini ma’lum qildi. Tehron esa bu qarorni Qo‘shma Shtatlar ustidan qozonilgan g‘alaba deb atadi.
Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Pokiston vositachiligida tuzilgan ikki haftalik sulhni e’lon qildi.
"Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif va feldmarshal Asim Munir bilan muzokaralar natijasida men Eronga bomba tashlash va hujumni ikki hafta muddatga to‘xtatishga rozi bo‘ldim. Bu ikki tomonlama o‘t ochishni to‘xtatish bo‘ladi", — deb yozgan Tramp.
Tramp, shuningdek, Tehrondan 10 bandli taklif kelib tushganini va uni muzokaralar uchun “ishchi asos” deb baholayotganini aytdi. Pokiston tomoni AQSh va Eron delegatsiyalarini juma kuni Islomobodda uchrashuv o‘tkazishga taklif qildi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy esa hujumlar to‘xtasa, Tehron qarshi zarbalarni to‘xtatishi va bo‘g‘oz orqali xavfsiz o‘tishni ta’minlashini ma’lum qildi.
Ikki haftalik sulh davomida yakuniy kelishuvni rasmiylashtirish rejalashtirilgan. Sulhga erishishga Xitoy ham yordam bergani aytilmoqda.
Isroil ham AQShning ikki haftalik tanaffus to‘g‘risidagi qaroriga qo‘shildi. Biroq Binyamin Netanyaxu idorasi bu kelishuv Livandagi amaliyotlarga taalluqli emasligini bildirdi.
Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi AQSh bilan urushda g‘alaba qozonganini e’lon qildi.
"Eron buyuk g‘alabaga erishdi va AQShni o‘n banddan iborat rejani qabul qilishga majbur qildi", — deyiladi uning bayonotida.
Kengash bayonotiga ko‘ra, AQSh Hurmuz bo‘g‘ozi ustidan nazoratni Tehronga qoldirishga, tovon to‘lashga, sanksiyalarni bekor qilishga, uranni boyitishni davom ettirishga va Yaqin Sharqdan qo‘shinlarni olib chiqishga rozi bo‘lgan.
Shu bilan birga, Trampning o‘zi ham AFPga bergan qisqa izohida buni AQShning “to‘liq va mutlaq g‘alabasi” deb atadi.
Olti haftadan beri davom etayotgan urush, hukumat manbalari va inson huquqlari tashkilotlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘nga yaqin mamlakatda 5000 nafardan ortiq, jumladan, Eronda 1600 dan ortiq tinch aholining hayotiga zomin bo‘ldi.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.
AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.
Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.