https://oz.sputniknews.uz/20260408/uzbekistan-kompaniyalar-alibaba-jingdong-dastur-56764542.html
O‘zbekiston kompaniyalari "Alibaba" va "Jingdong"ga chiqishi uchun yangi dastur boshlandi
O‘zbekiston kompaniyalari "Alibaba" va "Jingdong"ga chiqishi uchun yangi dastur boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda “100 ta mahsulot akseleratori” dasturi ishga tushirildi. Loyiha o‘zbekistonlik kompaniyalarni Alibaba va JINGDONG kabi platformalar orqali Xitoy, Yevropa va AQSh bozorlariga olib chiqishga qaratilgan.
2026-04-08T09:35+0500
2026-04-08T09:35+0500
2026-04-08T10:22+0500
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
o‘zbekiston
eksport
xitoy
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/08/56764337_0:10:1280:730_1920x0_80_0_0_5993270502a805b0a72864a8db6a9f62.jpg
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Toshkentda 7-aprel kuni “100 ta mahsulot akseleratori” dasturining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyiha mahalliy mahsulotlarni, jumladan, "Alibaba" va "Jingdong" kabi yirik marketpleyslar orqali jahon bozorlariga olib chiqishga qaratilgan.Avvalgi “Eksport akseleratori” dasturida 60 ta kompaniya 83 million dollarlik shartnomalar imzolagani yangi tashabbus uchun asos bo‘ldi. Endi e’tibor milliy brendlarni tashqi bozorlarda mustahkamlash, ularni xalqaro talablarga moslashtirish va onlayn savdo platformalariga olib chiqishga qaratilmoqda.Dasturning strategik hamkori — Industrial Service Group. Ishtirokchilarga mahsulot tahlili, xalqaro sertifikatlash, logistika va tovarlarni jahon standartlariga moslashtirish bo‘yicha ko‘mak beriladi.Tadbirda "Chinastone Industrial Service Group", Silikon vodiysidagi AQSh-Xitoy Savdo palatasi va Italiyaning "Zest Innovation" kompaniyasi vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, "Jingdong" va "Alibaba" kompaniyalarining O‘zbekistondagi rasmiy vakillari ham qatnashdi.Uchrashuvlarda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar xitoylik investorlar va logistika sohasi mutaxassislari bilan xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260318/uzbekistan-toqimachilik-56354908.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/08/56764337_50:0:1187:853_1920x0_80_0_0_5cb6bbc5e2aebd385e253993905debda.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
100 ta mahsulot akseleratori, eksport akseleratori, alibaba, jingdong, o‘zbekiston eksporti, mahalliy mahsulotlar, o‘zbek brendlari, toshkent, xalqaro bozor, marketpleys
100 ta mahsulot akseleratori, eksport akseleratori, alibaba, jingdong, o‘zbekiston eksporti, mahalliy mahsulotlar, o‘zbek brendlari, toshkent, xalqaro bozor, marketpleys
O‘zbekiston kompaniyalari "Alibaba" va "Jingdong"ga chiqishi uchun yangi dastur boshlandi
09:35 08.04.2026 (yangilandi: 10:22 08.04.2026) Toshkentda ishga tushgan “100 ta mahsulot akseleratori” dasturi o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilarni "Alibaba" va "Jingdong" orqali jahon bozorlariga olib chiqishni maqsad qilgan.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Toshkentda 7-aprel kuni “100 ta mahsulot akseleratori” dasturining rasmiy ochilish marosimi
bo‘lib o‘tdi. Loyiha mahalliy mahsulotlarni, jumladan, "Alibaba" va "Jingdong" kabi yirik marketpleyslar orqali jahon bozorlariga olib chiqishga qaratilgan.
Avvalgi “Eksport akseleratori” dasturida 60 ta kompaniya 83 million dollarlik shartnomalar imzolagani yangi tashabbus uchun asos bo‘ldi. Endi e’tibor milliy brendlarni tashqi bozorlarda mustahkamlash, ularni xalqaro talablarga moslashtirish va onlayn savdo platformalariga olib chiqishga qaratilmoqda.
Dasturning strategik hamkori — Industrial Service Group. Ishtirokchilarga mahsulot tahlili, xalqaro sertifikatlash, logistika va tovarlarni jahon standartlariga moslashtirish bo‘yicha ko‘mak beriladi.
Ayniqsa, Xitoy, Yevropa va AQSh bozorlariga chiqish uchun raqamlashtirish jarayonlariga hamda "Alibaba" va "Jingdong" platformalarida mahsulotlarni joylashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tadbirda "Chinastone Industrial Service Group", Silikon vodiysidagi AQSh-Xitoy Savdo palatasi va Italiyaning "Zest Innovation" kompaniyasi vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, "Jingdong" va "Alibaba" kompaniyalarining O‘zbekistondagi rasmiy vakillari ham qatnashdi.
Uchrashuvlarda o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar xitoylik investorlar va logistika sohasi mutaxassislari bilan xalqaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.