O‘zbekistonning 20 tadan ortiq to‘qimachilik korxonasi “Intertkan-2026”da qatnashmoqda
O‘zbekistonning 20 tadan ortiq to‘qimachilik korxonasi “Intertkan-2026”da qatnashmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Moskvadagi “Intertkan-2026. Bahor” ko‘rgazmasida O‘zbekistonning 20 dan ortiq to‘qimachilik korxonasi “Made in Uzbekistan” brendi ostida yagona stendda ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma eksport va yangi hamkorlik imkoniyatlarini ochmoqda.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Moskva shahrida o‘tayotgan “Intertkan-2026. Bahor” xalqaro to‘qimachilik va yengil sanoat ko‘rgazmasida O‘zbekistonning 20 tadan ortiq mahalliy to‘qimachilik korxonasi ishtirok etmoqda. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ma’lum qildi.Korxonalar 180 kvadrat metr maydonda tashkil etilgan yagona milliy stendda “Made in Uzbekistan” brendi ostida o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Ekspozitsiyada ip-kalavadan tortib tayyor to‘qimachilik mahsulotlarigacha bo‘lgan keng turdagi mahsulotlar taqdim etilgan.Qayd etilishicha, mazkur ko‘rgazmada ishtirok etish mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun eksport geografiyasini kengaytirish, yangi hamkorlar topish va “Made in Uzbekistan” brendini xalqaro bozorda ilgari surish imkonini beradi.
o‘zbekiston, o‘zto‘qimachiliksanoat, intertkan-2026, moskva, made in uzbekistan, to‘qimachilik, yengil sanoat, eksport, milliy stend, krokus ekspo, rossiya
o‘zbekiston, o‘zto‘qimachiliksanoat, intertkan-2026, moskva, made in uzbekistan, to‘qimachilik, yengil sanoat, eksport, milliy stend, krokus ekspo, rossiya
O‘zbekistonning 20 tadan ortiq to‘qimachilik korxonasi “Intertkan-2026”da qatnashmoqda
O‘zbekiston korxonalari ip-kalavadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan assortimentini taqdim etmoqda.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Moskva shahrida o‘tayotgan “Intertkan-2026. Bahor” xalqaro to‘qimachilik va yengil sanoat ko‘rgazmasida O‘zbekistonning 20 tadan ortiq mahalliy to‘qimachilik korxonasi ishtirok etmoqda. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ma’lum qildi.
Korxonalar 180 kvadrat metr maydonda tashkil etilgan yagona milliy stendda “Made in Uzbekistan” brendi ostida o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda. Ekspozitsiyada ip-kalavadan tortib tayyor to‘qimachilik mahsulotlarigacha bo‘lgan keng turdagi mahsulotlar taqdim etilgan.
Ko‘rgazma 17–19 mart kunlari Moskvadagi “Krokus Ekspo” majmuasida bo‘lib o‘tmoqda. U Rossiya va MDHdagi yirik tarmoq maydonlaridan biri bo‘lib, unda turli davlatlardan yetakchi kompaniyalar qatnashmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rgazmada ishtirok etish mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun eksport geografiyasini kengaytirish, yangi hamkorlar topish va “Made in Uzbekistan” brendini xalqaro bozorda ilgari surish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2026-yil 12-yanvardagi farmoni bilan Rossiyada yengil sanoatni rivojlantirish agentligi vakolatxonasini ochish, shuningdek, mahalliy kompaniyalar ishtirokini qo‘llab-quvvatlanadigan 5 ta xalqaro yengil sanoat ko‘rgazmasi ro‘yxati tasdiqlangan.