https://oz.sputniknews.uz/20260407/armaniston-gaz-eaeu-bayonot-munosabat-56749332.html
Kosachov Armaniston spikerining gaz va YeOII haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi
Kosachov Armaniston spikerining gaz va YeOII haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Konstantin Kosachov Alen Simonyanning Rossiya gazi narxi oshirilsa, Armaniston YeOII va boshqa tuzilmalardan chiqishi mumkinligi haqidagi bayonotini rezonansli deb atab, masalaning bunday qo‘yilishini noto‘g‘ri deb baholadi.
2026-04-07T10:23+0500
2026-04-07T10:23+0500
2026-04-07T10:28+0500
yeoii
gaz
dunyo yangiliklari
armaniston
rossiya
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24774524_0:170:3041:1880_1920x0_80_0_0_b8061bd156ba7113c1eb200accce63ca.jpg
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Armaniston parlamenti raisi Alen Simonyanning Rossiya gazi narxi oshirilsa, mamlakat YeOII hamda boshqa tuzilmalardan chiqishi mumkinligi haqidagi bayonotini Konstantin Kosachov rezonansli deb atadi. Rossiya Federatsiya kengashi raisi o‘rinbosari, Rossiya xalqaro ishlar kengashi a’zosi bo‘lgan senator masalaning bunday qo‘yilishining o‘zi noto‘g‘ri ekanini bildirdi.Kosachovning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1-aprel kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan muzokaralar chog‘ida mavjud vaziyatga aniq baho bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada gaz narxi 1000 kub metr uchun 600 dollardan oshib ketgan bir paytda, Rossiya Armanistonga gazni 177,5 dollardan yetkazib bermoqda.U bu holat Yevropa va dunyoda kuzatilayotgan og‘ir energetika inqirozi fonida shakllanganini ta’kidlagan.Kosachovning qayd etishicha, Rossiya gazining amaldagi narxi Armaniston iqtisodiyotining ko‘plab tarmoqlari uchun kuchli rag‘bat, mamlakatdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlik uchun esa muhim omil hisoblanadi. Shu munosabat bilan u arman siyosatchilari gipotetik narx o‘zgarishlari haqida bahs yuritish o‘rniga, Moskva tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini inobatga olishlari kerakligini bildirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260121/lavrov-armenia-eu-eaeu-azo-55126462.html
armaniston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24774524_154:0:2885:2048_1920x0_80_0_0_ff3462609f2a556b701c73fdb6c5213c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
armaniston, rossiya, yeoii, odkb, alen simonyan, konstantin kosachov, rossiya gazi, gaz narxi, yerevan, moskva
armaniston, rossiya, yeoii, odkb, alen simonyan, konstantin kosachov, rossiya gazi, gaz narxi, yerevan, moskva
Kosachov Armaniston spikerining gaz va YeOII haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi
10:23 07.04.2026 (yangilandi: 10:28 07.04.2026) Rossiya senatori Yerevan Moskvadan olinayotgan arzon gazni hisobga olishi kerakligini aytib, ehtimoliy narx o‘zgarishi atrofidagi bunday bahsni noto‘g‘ri deb baholadi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Armaniston parlamenti raisi Alen Simonyanning Rossiya gazi narxi oshirilsa, mamlakat YeOII hamda boshqa tuzilmalardan chiqishi mumkinligi haqidagi bayonotini Konstantin Kosachov rezonansli deb atadi. Rossiya Federatsiya kengashi raisi o‘rinbosari, Rossiya xalqaro ishlar kengashi a’zosi bo‘lgan senator masalaning bunday qo‘yilishining o‘zi noto‘g‘ri ekanini bildirdi.
Kosachovning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1-aprel kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan muzokaralar chog‘ida mavjud vaziyatga aniq baho bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropada gaz narxi 1000 kub metr uchun 600 dollardan oshib ketgan bir paytda, Rossiya Armanistonga gazni 177,5 dollardan yetkazib bermoqda.
Senatorning fikricha, aynan shu sharoit Armanistonga iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini rivojlantirish, shuningdek, qator tarmoqlarda raqobat ustunliklarini saqlab qolish imkonini bermoqda.
U bu holat Yevropa va dunyoda kuzatilayotgan og‘ir energetika inqirozi fonida shakllanganini ta’kidlagan.
Kosachovning qayd etishicha, Rossiya gazining amaldagi narxi Armaniston iqtisodiyotining ko‘plab tarmoqlari uchun kuchli rag‘bat, mamlakatdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlik uchun esa muhim omil hisoblanadi. Shu munosabat bilan u arman siyosatchilari gipotetik narx o‘zgarishlari haqida bahs yuritish o‘rniga, Moskva tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini inobatga olishlari kerakligini bildirgan.