Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Lavrov: Armaniston bir vaqtning o‘zida YeI va YeOII a’zosi bo‘la olmaydi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPress-konferensiya glavi MID RF S. Lavrova
Press-konferensiya glavi MID RF S. Lavrova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2026
Obuna bo‘lish
Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bu masalada qarorni mamlakat xalqi qabul qilishi kerak.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Armaniston bir vaqtning o‘zida ham Yevropa Ittifoqi, ham Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zosi bo‘la olmaydi, tanlovni esa mamlakat xalqi qilishi kerak. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov matbuot anjumanida OAV vakili savoliga javobida ta’kidladi.

"Men bu mavzuni — Yevropa Ittifoqi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zolik masalasini — hamkasbim Ararat Mirzoyan hamda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan oxirgi marta 2025-yil may oyida Yerevanga tashrif buyurganimda bir necha bor muhokama qildim", — dedi Sergey Lavrov.

Ta’kidlanishicha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Yevropa Ittifoqining ishlash tamoyillari bilan tanish bo‘lgan har qanday kishi uchun YeOII a’zosi bo‘lib turib, Yevropa Ittifoqi standartlariga o‘tish mumkin emasligi ayon.

"Bu shunchaki texnik jihatdan imkonsiz. Ular nafaqat savdo va investitsiya sohalarida bir-biriga mos kelmaydigan turli normalar qo‘llayotgani uchun, balki Yevropa Ittifoqi Brusseli Armanistonning meyoriy-huquqiy bazasini o‘z standartlariga moslashtirish g‘oyasini qat’iy ilgari surayotgani uchun ham bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi", — dedi Rossiya TIV rahbari.

Lavrov, shuningdek, Armaniston iqtisodiyotining so‘nggi o‘n yildagi o‘sish ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston 2015-yilda YeOIIning to‘laqonli a’zosiga aylangan paytda mamlakat yalpi ichki mahsuloti 10,5 milliard dollar bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 26 milliard dollarga yetgan.
Ta’kidlanishicha, ittifoq doirasida arman tovarlarining a’zo davlatlar bozorlariga kirishi natijasida Armaniston tashqi savdo aylanmasi, avvalo Rossiya bilan, rekord darajaga yetgan. Hozirda bu ko‘rsatkich 14 milliard dollarga teng bo‘lib, bunday holat avval kuzatilmagan.
"Bu statistikani keltirishimning sababi shundaki, siz Yevropa Ittifoqi a’zolari bilan hamkorlikka intilish YeOII bilan munosabatlarni davom ettirish bilan qanday bog‘liq ekanini so‘radingiz", — dedi u.
Aleksey Overchuk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.11.2025
O‘zbekiston va YeOII
Rossiya va Armaniston o‘rtasidagi temir yo‘l qatnovi YeOII bozorlari imkoniyatini oshiradi
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0