Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligiga yangilangan Su-57lar topshirildi: nimalar takomillashtirildi

© OAK ("Rostex")OAK peredala Minoboroni Rossii partiyu samoletov Su-57
OAK peredala Minoboroni Rossii partiyu samoletov Su-57 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2026
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, beshinchi avlod majmuasi eng ilg‘or havo hujumidan mudofaa tizimlari sharoitida ham qo‘llanilishi mumkin bo‘lib, uning jangovar imkoniyatlari yanada oshirilgan.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. "Rostex" davlat korporatsiyasi tarkibidagi Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi yangilangan texnik ko‘rinishga ega Su-57 samolyotlarining navbatdagi partiyasini Rossiya Mudofaa vazirligiga topshirdi. Bu haqda "Rostex" matbuot xizmati xabar berdi.
Samolyotlar modernizatsiya qilingan bort tizimlari va takomillashtirilgan qurol-yarog‘ kompleksi bilan jihozlangan. Ular zavod va parvoz sinovlarining to‘liq sikldan o‘tgan.

Rasmiylarga ko‘ra, yangi texnik ko‘rinish "Su-57"ning jangovar vazifalar doirasini kengaytirgan. Samolyot havo, quruqlik va dengizdagi nishonlarga kecha-yu kunduz, murakkab ob-havo va radioelektron qarshilik sharoitida zarba bera oladi.

Ta’kidlanishicha, Su-57 maxsus harbiy operatsiya sharoitida sinovdan o‘tib, ilg‘or havo mudofaa tizimlari faol hududlarda ham qo‘llanish imkonini ko‘rsatgan.
Ishlab chiqaruvchilarning qayd etishicha, qiruvchi samolyotda qurol-yarog‘ va bort tizimlarini yanada takomillashtirish ishlari davom etmoqda.
Prezident posetil Chirchikskiy aviatsionniy remontniy zavod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2026
Airbus vertolotlari va Su-25: prezident Chirchiq aviatsiya zavodiga tashrif buyurdi
Yangiliklar lentasi
0