"Oltin milliard" kuch manbasi: NATO 77 yoshda

© Sputnik / Aleksey VitviskiyTribuna v zale dlya press-konferensiy shtab-kvartiri NATO.
Tribuna v zale dlya press-konferensiy shtab-kvartiri NATO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2026
Obuna bo‘lish
NATO – 1949-yil 4-aprelda tashkil etilgan edi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Shimoliy Atlantika bloki "oltin milliard" manfaatlarini kuch bilan ta’minlash vositasi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda, deb yozdi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.
"Ittifoqning butun dunyo bo‘ylab harbiy sarguzashtlari doimo beqarorlik, tartibsizlik, ko‘p sonli tinch aholining qurbon bo‘lishiga va halokatli oqibatlarga olib keldi. NATOning Yugoslaviya, Iroq, Liviya, Afg‘oniston, Suriya va Ukrainadagi harakatlari bunga misol bo‘lishi mumkin" - deyiladi TIV bayonotida.
NATOning 77-yilligi nishonlanayotan kunda alyansda beqarorlik hukm surmoqda. Xususan tashkilotning asosiy moliyaviy va harbiy kuchi bo‘lgan AQSh tomonidan so‘ngi kunlarda bir necha bor undan chiqishini ehtimolini ko‘rib chiqayotganini aytildi. Bunga NATOdagi ittifoqchilar tomonidan AQShning Fors ko‘rfazidagi harbiy operatsiyasini qo‘llab-quvvatlamaganligi sabab bo‘lmoqda.

Inqiroz sababi - "sovuq urush" vaqtida mudofaa alyansi bo‘lgan tashkilotning hujum birlashmasiga aylanishi, deb ta’kidladi Rossiya Dumasi deputati Leonid Sluskiy.

“Bir vaqtlar mudofaa bloki sifatida tashkil etilgan Shimoliy Atlantika neokolonializm tamoyillariga asoslangan kollektiv G‘arb mamlakatlarining agressiv va hujumkor birlashmasiga aylandi. "Yugoslaviya, Iroq, Liviya va Suriyadagi rejimlarni o‘zgartirishga qaratilgan harbiy kampaniyalar, Ukrainadagi davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlash va neonatsist rejimining hokimiyat tepasiga kelishi - bular NATOning yaqin tarixidagi qonli bosqichlar bo‘lib, millionlab odamlarning o‘limiga va hayotlarining barbod bo‘lishiga olib keldi", - dedi deputat.
Tramp pribil na sud v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2026
AQSh oxir-oqibat Eronga yon berishga majbur bo‘ladi — NATO generali
Yangiliklar lentasi
0