AQSh oxir-oqibat Eronga yon berishga majbur bo‘ladi — NATO generali

© AP Photo / Alex BrandonTramp pribil na sud v Vashingtone.
Tramp pribil na sud v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2026
Obuna bo‘lish
Qo‘shma Shtatlarda kelajak uchun hech qanday harbiy strategiya yoki siyosiy qarash yo‘q — dedi harbiy mutaxassis.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Bu urushda Eron katta yo‘qotishlarga duch keladi, ammo oxir-oqibat AQSh murosaga kelishi kerak bo‘ladi va bu ularning foydasiga bo‘lmaydi. Bu fikrni NATOning Kosovodagi Xalqaro xavfsizlik kuchlarining sobiq qo‘mondoni, italiyalik general Fabio Mini TASSga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Eron Qo‘shma Shtatlarning to‘liq harbiy qudratiga bardosh bera olmaydi, ammo u jiddiy zarar yetkazishga qodir. Eron uzoq davom etadigan qarama-qarshilikka tayyor va raqib tomonni ham iqtisodiy, ham o‘q-dorilar ta’minotidan uzishga intiladi", - dedi general.
Fabio Minining aytishiga ko‘ra, o‘tgan yilgi urush ham aynan AQSh ixtiyoridagi qurol-aslaha tugagani sababli 12 kundan keyin to‘xtatilgan.
"Bu safragi ssenariy ham shunga o‘xshash, faqat ular endi yadroviy inshootlar o‘rniga fuqarolik binolarini nishonga olmoqda. Eron ko‘p narsani yo‘qotadi, lekin oxir-oqibat Qo‘shma Shtatlarni murosaga kelishga majbur qiladi va bu AQSh foydasiga emas, Eron foydasiga bo‘ladi", - deb hisoblaydi mutaxassis.
Uning fikricha, bugungi vaziyatda Isroil ham katta xavf ostida, chunki "oxir-oqibat u dunyoda ishonch va o‘z mavqeyini yo‘qotadi".

Bugungi kunda dunyoda diplomatiyaga ishonch kamayib, ko‘plab davlatlarda qurollanish istagi paydo bo‘lmoqda, lekin bu haqiqatni "juda tor tushunishni" anglatadi.
Uning fikriga ko‘ra, Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojaroning asosiy sababi ham uzoq muddatli strategiya va kelajak uchun siyosiy qarashning yo‘qligida.
"Ukraina mojaroni ancha oldin boy bergan va faqat harbiy yordam olish uchun kurashishda davom etmoqda, buning uchun keyinchalik baribir to‘lashi kerak bo‘ladi. Yevropa mamlakatlari ham uzoqni ko‘ra olmaslikni ko‘rsatmoqdalar: energiya ta’minotiga to‘liq qaram bo‘lgan holda, ular eng yirik yetkazib beruvchisi bilan kurashmoqdalar. Bu kelajak uchun yaxshi natija bermaydi", - deb xulosa qildi Fabio Mini.

Eron qanday holda urushni to‘xtatishi mumkin?

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining sobiq qo‘mondoni Muhsin Rizoiyning ma’lum qilishicha, Tehron faqat ikki shart bajarilgan taqdirdagina AQSh bilan harbiy harakatlarni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin:
Birinchi navbatda, urush davomida yetkazilgan barcha moddiy zarar to‘liq qoplanishi kerak.
Ikkinchidan, Eron uchun kelajakda xavfsizlik kafolatlari ta’minlanishi lozim. Bu faqatgina AQSh qo‘shinlari Fors ko‘rfazidan to‘liq chiqib ketganidan so‘ng amalga oshadi.
Vashington ushbu shartlarni bajarmaguncha Eron ortga chekinmasligini alohida ta’kidladi.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0