https://oz.sputniknews.uz/20260402/sayyor-qabullar-raqamlashtirilish-56679012.html
Sayyor va shaxsiy qabullar to‘liq raqamlashtirilib, ular ustidan nazorat kuchaytiriladi
Sayyor va shaxsiy qabullar to‘liq raqamlashtirilib, ular ustidan nazorat kuchaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Prezident huzurida Xalq qabulxonasi tashkil etiladi. Hokimlar tegishli qabulxonalarda fuqarolarni shaxsan qabul qiladi, shaxsiy va sayyor qabullar esa to‘liq raqamlashtiriladi.
2026-04-02T17:04+0500
2026-04-02T17:04+0500
2026-04-02T17:04+0500
xalq qabulxonalari
o‘zbekiston
jamiyat
yangi qonun
hokimlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766889_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_93bcba5c15e5e9e4e9d575fd2339cf6a.jpg
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Prezident huzurida O‘zbekiston prezidenti Xalq qabulxonasi tashkil etiladi.Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shahar hokimlari tegishli Xalq qabulxonalariga jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi. Ular bu yerda fuqarolarni muntazam shaxsan qabul qilib, muammolarni joyida hal etish, murojaatlarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.Shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari prezident huzurida o‘tkaziladigan taqdimotlarda aholi murojaatlarida ko‘tarilgan tizimli muammolar va ularni hal etish rejalari bo‘yicha alohida hisobot beradi.Jamoaviy murojaatlar aholi vakillari va “mahalla yettiligi” ishtirokida o‘rganiladi. Bunday murojaatlar faqat murojaatchilarning roziligi bilan nazoratdan olinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260402/ijtimoiy-tarmoq-etiroz-idora-baho-tasir-56678310.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766889_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_70df964d463a688926e0b0dfba0a62f1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident farmoni, xalq qabulxonasi, prezident huzuridagi xalq qabulxonasi, hokimlar, fuqarolar qabuli, murojaatlar, sayyor qabul, raqamlashtirish, mahalla yettiligi, davlat organlari
prezident farmoni, xalq qabulxonasi, prezident huzuridagi xalq qabulxonasi, hokimlar, fuqarolar qabuli, murojaatlar, sayyor qabul, raqamlashtirish, mahalla yettiligi, davlat organlari
Sayyor va shaxsiy qabullar to‘liq raqamlashtirilib, ular ustidan nazorat kuchaytiriladi
Tizimda yangi tartib joriy etiladi: hokimlar qabulxonalarga rahbarlik qiladi, shaxsiy va sayyor qabullar raqamlashtiriladi, jamoaviy murojaatlar esa aholi roziligi bilan nazoratdan olinadi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Prezident huzurida O‘zbekiston prezidenti Xalq qabulxonasi
tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman va shahar hokimlari tegishli Xalq qabulxonalariga jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi. Ular bu yerda fuqarolarni muntazam shaxsan qabul qilib, muammolarni joyida hal etish, murojaatlarni tahlil qilish bilan shug‘ullanadi.
Shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari prezident huzurida o‘tkaziladigan taqdimotlarda aholi murojaatlarida ko‘tarilgan tizimli muammolar va ularni hal etish rejalari bo‘yicha alohida hisobot beradi.
Yana bir yangilik — davlat organlari, tashkilotlar va mahalliy hokimliklar o‘tkazadigan shaxsiy hamda sayyor qabullar to‘liq raqamlashtiriladi. Bu orqali qabullar jarayoni ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Jamoaviy murojaatlar aholi vakillari va “mahalla yettiligi” ishtirokida o‘rganiladi. Bunday murojaatlar faqat murojaatchilarning roziligi bilan nazoratdan olinadi.