https://oz.sputniknews.uz/20260402/ijtimoiy-tarmoq-etiroz-idora-baho-tasir-56678310.html
Fuqarolarning murojaatlar yuzasidagi e’tirozlari davlat idoralari bahosiga ta’sir qiladi
Fuqarolarning murojaatlar yuzasidagi e’tirozlari davlat idoralari bahosiga ta’sir qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Virtual qabulxonasida murojaatlar real vaqt rejimida nazorat qilinadi, muddatdan o‘tganlari avtomatik yuqori organga o‘tadi. OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi e’tirozlar axborot xizmatlari samaradorligida ham aks ettiriladi.
2026-04-02T16:31+0500
2026-04-02T16:31+0500
2026-04-02T16:44+0500
o‘zbekiston
jamiyat
xalq qabulxonalari
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766892_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_5ccaba7b827b68545cb53c8d0dde7e34.jpg
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Davlat organlarining axborot xizmatlari OAV va ijtimoiy tarmoqlarda murojaatlarni ko‘rib chiqish yuzasidan bildirilgan e’tirozlarni doimiy o‘rganib boradi. Endi bu holat ular faoliyati samaradorligini baholashda ham inobatga olinadi.Bu norma prezident imzolagan “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda belgilandi.Farmonga ko‘ra, axborot xizmatlari bu ishni Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda olib boradi. Ular hududlarda murojaatlar bilan ishlash holatini yoritib boradi. Shuningdek, Virtual qabulxonaga kelgan murojaatlar “shoshilinch”, “odatiy” va “maslahat talab qiluvchi” toifalarga ajratiladi. Nazoratga qaytarilgan murojaatlar yuqori turuvchi organlar tomonidan 3 ish kuni ichida qayta o‘rganib chiqiladi.Yana bir yangilik shundaki, aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari Qonunchilik palatasi va Senatda, hokimlar hamda hududiy idoralar rahbarlarining hisobotlari esa Senat yoki mahalliy kengashlarda har chorakda kamida bir marta eshitib boriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260313/prezident-xalq-qabulxonalari-56267437.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766892_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_23b1b25536dd0e16db0a0be899102efd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, prezident farmoni, virtual qabulxona, xalq qabulxonalari, murojaatlar, axborot xizmatlari, ijtimoiy tarmoqlar, oav, davlat organlari, senat, qonunchilik palatasi
o‘zbekiston, prezident farmoni, virtual qabulxona, xalq qabulxonalari, murojaatlar, axborot xizmatlari, ijtimoiy tarmoqlar, oav, davlat organlari, senat, qonunchilik palatasi
Fuqarolarning murojaatlar yuzasidagi e’tirozlari davlat idoralari bahosiga ta’sir qiladi
16:31 02.04.2026 (yangilandi: 16:44 02.04.2026) 1 maydan Prezident virtual qabulxonasida murojaatlar real vaqtda nazorat qilinadi, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi e’tirozlar davlat organlari axborot xizmatlari samaradorligiga ta’sir qiladi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Davlat organlarining axborot xizmatlari OAV va ijtimoiy tarmoqlarda murojaatlarni ko‘rib chiqish yuzasidan bildirilgan e’tirozlarni doimiy o‘rganib boradi. Endi bu holat ular faoliyati samaradorligini baholashda ham inobatga olinadi.
Bu norma prezident imzolagan “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda
belgilandi.
Farmonga ko‘ra, axborot xizmatlari bu ishni Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda olib boradi. Ular hududlarda murojaatlar bilan ishlash holatini yoritib boradi.
1 maydan boshlab Prezident virtual qabulxonasi axborot tizimida murojaatlar ijrosi real vaqt rejimida nazorat qilinadi. Belgilangan muddatdan o‘tib ketgan murojaatlar esa avtomatik tarzda yuqori turuvchi davlat organiga yuboriladi.
Shuningdek, Virtual qabulxonaga kelgan murojaatlar “shoshilinch”, “odatiy” va “maslahat talab qiluvchi” toifalarga ajratiladi. Nazoratga qaytarilgan murojaatlar yuqori turuvchi organlar tomonidan 3 ish kuni ichida qayta o‘rganib chiqiladi.
Yana bir yangilik shundaki, aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari Qonunchilik palatasi va Senatda, hokimlar hamda hududiy idoralar rahbarlarining hisobotlari esa Senat yoki mahalliy kengashlarda har chorakda kamida bir marta eshitib boriladi.