https://oz.sputniknews.uz/20260402/ozatom-tatarstan-atom-energetika-hamkorlik-56671996.html
“O‘zatom” Tatariston bilan atom energetikasi sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
“O‘zatom” Tatariston bilan atom energetikasi sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zatom” agentligi delegatsiyasi Qozondagi ilmiy-ta’lim va sanoat tashkilotlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralarda atom energetikasi, kadrlar tayyorlash, laboratoriya bazasi va sanoat kooperatsiyasi masalalari muhokama qilindi.
2026-04-02T14:39+0500
2026-04-02T14:39+0500
2026-04-02T14:42+0500
o‘zbekiston
atom energetikasi
elektr energiyasi
jamiyat
o‘zatom
tatariston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/02/56667486_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d45a9fc587dd4f2a5f4d96813228d1fb.jpg
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. “O‘zatom” agentligi delegatsiyasining Rossiyaning Tataristonga tashrifi hamda “ENERGOPROM” Qozon xalqaro elektr energetika forumidagi ishtiroki doirasida yetakchi ilmiy-ta’lim va sanoat tashkilotlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi.A.N. Tupolev nomidagi Qozon milliy tadqiqot texnika universitetida atom sanoatining yuqori texnologiyali loyihalari uchun laboratoriya bazasini birgalikda yaratish va innovatsion materiallarni qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi.“Ximgrad” texnopolisiga tashrif chog‘ida delegatsiyaga O‘zbekiston hududida hamkorlikning amaldagi shakllari taqdim etildi.Uchrashuvlar yuqori malakali kadrlar tayyorlash, sanoat kooperatsiyasi va texnologik infratuzilmani yaratish sohasida Tataristonning ilg‘or tajribasini o‘rganish imkonini berdi. Tomonlar atom energetikasi, fan va sanoat sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning aniq yo‘nalishlarini belgilab oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20251230/uzatom-kurchatov-institut-bitim-54554095.html
o‘zbekiston
tatariston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/02/56667486_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f90231c6364828b030cb6c1105cfaa0f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zatom, tatariston, qozon, energoprom, atom energetikasi, qozon texnika universiteti, qozon davlat energetika universiteti, ximgrad, kadrlar, sanoat kooperatsiyasi
o‘zatom, tatariston, qozon, energoprom, atom energetikasi, qozon texnika universiteti, qozon davlat energetika universiteti, ximgrad, kadrlar, sanoat kooperatsiyasi
“O‘zatom” Tatariston bilan atom energetikasi sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
14:39 02.04.2026 (yangilandi: 14:42 02.04.2026) “O‘zatom” agentligi delegatsiyasi Tataristonga tashrif doirasida atom energetikasi, kadrlar tayyorlash, sanoat kooperatsiyasi va texnologik infratuzilma bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
TOShKENT, 2 apr — Sputnik. “O‘zatom” agentligi delegatsiyasining Rossiyaning Tataristonga tashrifi hamda “ENERGOPROM” Qozon xalqaro elektr energetika forumidagi ishtiroki doirasida yetakchi ilmiy-ta’lim va sanoat tashkilotlari bilan qator
uchrashuvlar o‘tkazildi.
A.N. Tupolev nomidagi Qozon milliy tadqiqot texnika universitetida atom sanoatining yuqori texnologiyali loyihalari uchun laboratoriya bazasini birgalikda yaratish va innovatsion materiallarni qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi.
Qozon davlat energetika universitetida atom energetikasi uchun kadrlarni maqsadli tayyorlash, qo‘shma o‘quv markazlarini rivojlantirish, tajriba almashish, shuningdek, O‘zbekiston va Tataristonning tegishli tuzilmalari o‘rtasida uzoq muddatli amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.
“Ximgrad” texnopolisiga tashrif chog‘ida delegatsiyaga O‘zbekiston hududida hamkorlikning amaldagi shakllari taqdim etildi.
Uchrashuvlar yuqori malakali kadrlar tayyorlash, sanoat kooperatsiyasi va texnologik infratuzilmani yaratish sohasida Tataristonning ilg‘or tajribasini o‘rganish imkonini berdi.
Tomonlar atom energetikasi, fan va sanoat sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning aniq yo‘nalishlarini belgilab oldi.