https://oz.sputniknews.uz/20251230/uzatom-kurchatov-institut-bitim-54554095.html
"O‘zatom" dunyodagi eng ilg‘or ilmiy markazlardan biri bilan bitim imzoladi
"O‘zatom" dunyodagi eng ilg‘or ilmiy markazlardan biri bilan bitim imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zatom agentligi va Kurchatov instituti tinch atom, yadro tibbiyoti va ilg‘or texnologiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Kelishuv O‘zbekistonning yadro salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
2025-12-30T11:35+0500
2025-12-30T11:35+0500
2025-12-30T11:35+0500
atom energetikasi
o‘zbekiston
jamiyat
aes
ilm-fan
rossiya
o‘zatom
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1e/54553744_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_2fe26f52dd0108a088f51cd4d003e0da.jpg
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. "O‘zatom" agentligi va Rossiyaning Kurchatov instituti tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish sohasida strategik sheriklik hamda ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda "O‘zatom" matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, agentlik direktori Azim Axmedxadjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida Kurchatov instituti rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:Axmedxadjayevning ta’kidlashicha, mazkur kelishuv O‘zbekistonning yadro sohasidagi mavqeyini mustahkamlab, dunyodagi eng ilg‘or ilmiy markazlardan birining zamonaviy infratuzilmasi va noyob tajribasidan foydalanish imkonini beradi.O‘z navbatida, markaz rahbari Mixail Kovalchuk ushbu hamkorlik tinch atom, yadro tibbiyoti va yangi materiallar sohasida qo‘shma tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20251218/uzbekistan-atom-energetika-maktab-54263849.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1e/54553744_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_1af18f590ac76a7917f0693ef18d14d2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, o‘zatom agentligi, kurchatov instituti, tinch atom, yadro energiyasi, yadro tibbiyoti, ilmiy-texnik hamkorlik, strategik sheriklik, atom texnologiyalari, azim axmedxadjayev, mixail kovalchuk, yadro infratuzilmasi, innovatsion texnologiyalar
o‘zbekiston, o‘zatom agentligi, kurchatov instituti, tinch atom, yadro energiyasi, yadro tibbiyoti, ilmiy-texnik hamkorlik, strategik sheriklik, atom texnologiyalari, azim axmedxadjayev, mixail kovalchuk, yadro infratuzilmasi, innovatsion texnologiyalar
"O‘zatom" dunyodagi eng ilg‘or ilmiy markazlardan biri bilan bitim imzoladi
Muzokaralarda O‘zbekistonning yadro sohasidagi milliy salohiyatini rivojlantirish va ilg‘or yadro texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. "O‘zatom" agentligi va Rossiyaning Kurchatov instituti tinchlik maqsadlarida atom energiyasidan foydalanish sohasida strategik sheriklik hamda ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi. Bu haqda "O‘zatom" matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, agentlik direktori Azim Axmedxadjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida Kurchatov instituti rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
kichik modulli va ko‘chma atom stansiyalari;
yadro tibbiyoti va radioizotoplar ishlab chiqarish;
sinxrotron nurlanish va neytron manbalari;
plazma fizikasi va termoyadro sintezi;
ekologik toza (“yashil”) texnologiyalar;
atom sanoati uchun yangi materiallar;
qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish;
yuqori malakali kadrlar tayyorlash va akademik mobillik;
noyob ilmiy qurilmalarda tadqiqotlar o‘tkazish.
Shuningdek, "O‘zatom" delegatsiyasi Kurchatov institutining yadro tibbiyoti markazi, T-15MD tokamagi, sinxrotron nurlanish manbai hamda tajriba-sanoat infratuzilmasi bilan tanishdi.
Axmedxadjayevning ta’kidlashicha, mazkur kelishuv O‘zbekistonning yadro sohasidagi mavqeyini mustahkamlab, dunyodagi eng ilg‘or ilmiy markazlardan birining zamonaviy infratuzilmasi va noyob tajribasidan foydalanish imkonini beradi.
O‘z navbatida, markaz rahbari Mixail Kovalchuk ushbu hamkorlik tinch atom, yadro tibbiyoti va yangi materiallar sohasida qo‘shma tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi.
"O‘zbekiston bugungi kunda iqtisodiy rivojlanishning hayratlanarli sur’atlarini namoyish etmoqda va innovatsion texnologiyalarda mintaqaviy yetakchi maqomiga faol intilmoqda. Bu esa barqaror energetikaga global o‘tishda hamkorligimiz va o‘zaro manfaatli yutuqlarimiz uchun mustahkam poydevor yaratmoqda", - dedi Kovalchuk.