https://oz.sputniknews.uz/20260318/tabiiy-meros-obektlar-yangi-tartib-56345552.html
Tabiiy meros obyektlari bo‘yicha yangi tartib: ularda ayrim qurilish va faoliyat taqiqlanadi
Tabiiy meros obyektlari bo‘yicha yangi tartib: ularda ayrim qurilish va faoliyat taqiqlanadi
Sputnik O‘zbekiston
Vazirlar Mahkamasining 106-son qarori bilan O‘zbekistonda milliy tabiiy meros obyektlarini ro‘yxatga kiritish tartibi tasdiqlandi. Yangi nizom noyob tabiiy hududlarni himoya qilish bo‘yicha huquqiy mexanizmni kuchaytiradi.
2026-03-18T10:49+0500
2026-03-18T10:49+0500
2026-03-18T11:10+0500
yangi qonun
jamiyat
madaniy boyliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/12/56344477_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8feb2d715c1253aa8c6b1fc9d5fd486a.png
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekistonda milliy tabiiy meros obyektlarini ro‘yxatga kiritish tartibi tasdiqlandi. Endilikda davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalar, tabiat yodgorliklari va davlat biosfera rezervatlari ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin.Yangi tartib noyob tabiiy hududlarni rasman himoya qilish mexanizmini kuchaytirishga xizmat qiladi.Endilikda bunday obyektlarni ro‘yxatga kiritish bo‘yicha takliflarni davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar ham kirita oladi. Taklifga obyekt haqida ma’lumot, geolokatsiya hamda foto-video materiallar ilova qilinadi.Xususan, bunday hududlarda sanoat va ishlab chiqarish korxonalari, ko‘p kvartirali uylar, baland inshootlar, chiqindi poligonlari hamda kimoviy moddalar omborlarini qurish uchun yer ajratish va qurilish ishlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yadro zonasida esa har qanday qurilish, ta’mirlash va hatto yengil turdagi qurilmalarni o‘rnatish ham taqiqlanadi.Bu esa kelajakda noyob ekotizimlar, flora va fauna yashash hududlari, ko‘chib yuruvchi turlar makoni hamda muhim gidrologik obyektlarni asrashga xizmat qiladi.Nizom shuningdek milliy tabiiy meros obyektlarini keyinchalik YuNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlarning nufuzli ro‘yxatlariga kiritish uchun huquqiy asos yaratadi.
https://oz.sputniknews.uz/20260119/uzbekistan-qizil-kitob-chiqarilish-qoshilish-54997708.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/12/56344477_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_58ea6764121d1be1cc6a73b6b1657991.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, vazirlar mahkamasi, 106-son qaror, milliy tabiiy meros, tabiiy meros obyektlari, davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalar, tabiat yodgorliklari, davlat biosfera rezervatlari, ekologiya, yunesko
o‘zbekiston, vazirlar mahkamasi, 106-son qaror, milliy tabiiy meros, tabiiy meros obyektlari, davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalar, tabiat yodgorliklari, davlat biosfera rezervatlari, ekologiya, yunesko
Tabiiy meros obyektlari bo‘yicha yangi tartib: ularda ayrim qurilish va faoliyat taqiqlanadi
10:49 18.03.2026 (yangilandi: 11:10 18.03.2026) Ushbu tartib noyob tabiiy hududlarni asrash, ekologiyani himoya qilish va ularda tabiatga zarar yetkazuvchi ayrim faoliyatlarni cheklashga xizmat qiladi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekistonda milliy tabiiy meros obyektlarini ro‘yxatga kiritish tartibi tasdiqlandi. Endilikda davlat qo‘riqxonalari, milliy tabiat bog‘lari, buyurtma qo‘riqxonalar, tabiat yodgorliklari va davlat biosfera rezervatlari ushbu ro‘yxatga
kiritilishi mumkin.
Yangi tartib noyob tabiiy hududlarni rasman himoya qilish mexanizmini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Endilikda bunday obyektlarni ro‘yxatga kiritish bo‘yicha takliflarni davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar ham kirita oladi. Taklifga obyekt haqida ma’lumot, geolokatsiya hamda foto-video materiallar ilova qilinadi.
Ro‘yxatga kiritilgan obyektlarning hududi va chegaralari aniq belgilanadi. Eng muhimi, bunday joylarda tabiiy muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlariga cheklovlar joriy etilishi mumkin.
Xususan, bunday hududlarda sanoat va ishlab chiqarish korxonalari, ko‘p kvartirali uylar, baland inshootlar, chiqindi poligonlari hamda kimoviy moddalar omborlarini qurish uchun yer ajratish va qurilish ishlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yadro zonasida esa har qanday qurilish, ta’mirlash va hatto yengil turdagi qurilmalarni o‘rnatish ham taqiqlanadi.
Bu esa kelajakda noyob ekotizimlar, flora va fauna yashash hududlari, ko‘chib yuruvchi turlar makoni hamda muhim gidrologik obyektlarni asrashga xizmat qiladi.
Nizom shuningdek milliy tabiiy meros obyektlarini keyinchalik YuNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlarning nufuzli ro‘yxatlariga kiritish uchun huquqiy asos yaratadi.