https://oz.sputniknews.uz/20260330/simyogoch-qulash-qoramollar-olim-izoh-56595796.html
"Yomg‘ir va shamol sababli": simog‘och qulashi oqibatida 3 qoramol o‘lganiga munosabat bildirildi
"Yomg‘ir va shamol sababli": simog‘och qulashi oqibatida 3 qoramol o‘lganiga munosabat bildirildi
Sputnik O‘zbekiston
Jizzax viloyati Forish tumanida simog‘och qulashi oqibatida uch bosh qoramol nobud bo‘lgani yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” izoh berdi. Kompaniya hodisaga surunkali yomg‘ir va kuchli shamol sabab bo‘lganini bildirdi.
2026-03-30T17:02+0500
2026-03-30T17:02+0500
2026-03-30T17:02+0500
o‘zbekiston
jamiyat
chorva
jizzax
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1e/56596145_0:241:2560:1681_1920x0_80_0_0_942daf4be878220418c65db80f0a61ef.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumanida elektr tayanchining qulashi oqibatida uch bosh qoramol nobud bo‘lgani haqidagi xabarlarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali munosabat bildirdi.Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Forish tumani Garasha qishlog‘i hududida surunkali yomg‘ir va kuchli shamol ta’sirida elektr tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda elektr tayanchi qulagan.Qayd etilishicha, avariyaviy holat tuman elektr ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Hozir hududda elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklangan.Shuningdek, fuqaro tomonidan bildirilgan uch bosh chorva molining nobud bo‘lishi bilan bog‘liq moddiy zararni qoplash masalasi yuzasidan murojaat egasiga nizoni sud tartibida ko‘rib chiqish huquqlari bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260312/tashkent-hokimlik-yol-opirilish-izoh-56238522.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1e/56596145_0:0:2560:1920_1920x0_80_0_0_70986e4e5f49acbc9a397abb7da0b2ae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
forish, jizzax, simog‘och, elektr tayanchi, qoramollar o‘limi, hududiy elektr tarmoqlari, yomg‘ir, shamol, garasha qishlog‘i, rasmiy izoh
forish, jizzax, simog‘och, elektr tayanchi, qoramollar o‘limi, hududiy elektr tarmoqlari, yomg‘ir, shamol, garasha qishlog‘i, rasmiy izoh
"Yomg‘ir va shamol sababli": simog‘och qulashi oqibatida 3 qoramol o‘lganiga munosabat bildirildi
Forish tumanida uch bosh qoramol nobud bo‘lgan hodisa yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” rasmiy munosabat bildirdi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Forish tumanida elektr tayanchining qulashi oqibatida uch bosh qoramol nobud bo‘lgani haqidagi xabarlarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali munosabat bildirdi.
Kompaniya matbuot xizmatining
ma’lum qilishicha, Forish tumani Garasha qishlog‘i hududida surunkali yomg‘ir va kuchli shamol ta’sirida elektr tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda elektr tayanchi qulagan.
Qayd etilishicha, avariyaviy holat tuman elektr ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Hozir hududda elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklangan.
Shuningdek, fuqaro tomonidan bildirilgan uch bosh chorva molining nobud bo‘lishi bilan bog‘liq moddiy zararni qoplash masalasi yuzasidan murojaat egasiga nizoni sud tartibida ko‘rib chiqish huquqlari bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berilgan.