Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Haydovchilar uchun yangi jarima ballari nega joriy etildi va qanday ishlaydi?

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Zoir Yo‘ldoshev haydovchilar uchun yo‘l harakati xavfsizligi borasida yangi qulayliklar, yengilliklar yaratilgani haqida so‘zlab berdi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida respublikada yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati rahbari Zoir Yo‘ldoshev ushbu yangi tizim mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligini qanday yaxshilashi va haydovchilar mas’uliyatini qanday oshirishi haqida ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, balli tizim bu - qo‘pol turdagi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 12 ta moddasiga asosan qo‘pol qoidabuzarliklar uchun belgilangan jarimalarga qo‘shimcha ravishda hisoblanadigan ballar.
Jarima ballari tizimini amaliyotga joriy qilishda Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi ko‘plab davlatlar tajribasidan kelib chiqib qaror qabul qilgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-iyundan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballarini hisoblash tizimi ishga tushiriladi.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, qo‘pol qoidabuzarlik sodir etilishi oqibatida yo‘llarda baxtsiz hodisalarni sodir etilishiga zamin yaratilyapti. Ba’zi bir haydovchilar uchun jarima ahamiyatga ega bo‘lmay qolyapti.
Haydovchi yo‘l harakati qoidalariga rioya etsa, birinchidan, o‘zining salomatligiga, ikkinchidan, cho‘ntagiga, uchinchidan, jamiyatga foyda.

“Tirbandiliklarni oldini olish uchun kunduzgi soat 7:00 dan kechki soat 21:00 gacha yo‘llarda yo‘l chiziqlarini chizish ularni ta’mirlash ishlari amalga oshirilmaydi”, — dedi u.

Yo‘ldoshev har bir hududda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi tuzilishi haqida ham gapirdi. Jamg‘armaga tushgan pullar faqatgina yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga sarflanadi.
To‘liq videoni Sputnik O‘zbekiston sahifasida ko‘rish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0