Tojikiston bilan sanoat va metallurgiya bo‘yicha kelishuvlarga erishildi

© Ministerstvo gornodobivayushey promishlennosti i geologiiVizit v Uzbekistan delegatsii Tadjikistana
Vizit v Uzbekistan delegatsii Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2026
Obuna bo‘lish
Tojikiston delegatsiyasi tashrifi yakunida qo‘shma sanoat loyihalarini kengaytirish va metallurgiya sohasida aniq hamkorlik mexanizmlarini ishga tushirish bo‘yicha kelishuvlar belgilandi.
TOShKENT, 25 mar – Sputnik. 24 mart kuni Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida muhim uchrashuvlar o‘tkazildi va qator amaliy kelishuvlarga erishildi.
Investitsiyalar, savdo va sanoat vaziri Laziz Kudratov bilan muzokaralarda metallurgiya, agrosanoat, elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika va boshqa yo‘nalishlardagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki davlat hududida qo‘shma sanoat obyektlarini qurish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha navbatdagi aniq qadamlarni kelishib oldi.

Qayd etilishicha, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga o‘sib, 912,3 million dollarga yetgan. Hozirda ikki mamlakat hududida 500 tadan ortiq qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.
Sherali Kabir boshchiligidagi delegatsiyaning tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobir Islamov bilan uchrashuvida esa kon-metallurgiya va sanoat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Jumladan, OKMK va “O‘zmetkombinat” ishtirokidagi loyihalarni davom ettirish hamda kadrlar tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ixtisoslashgan ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, “O‘zmetkombinat” AJ va Tojik metallurgiya kombinati o‘rtasida ushbu korxonalar bosh direktorlari tomonidan strategik hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko‘ra, 2027-yilning uchinchi choragidan boshlab “O‘zmetkombinat” 300 ming tonna to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklangan temir xarid qiladi.
Dni kulturi Tadjikistana v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2026
O‘zbekistonda Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi
Yangiliklar lentasi
0