O‘zbekistonda Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi

© SputnikMadaniyat kunlari, arxiv surat
Madaniyat kunlari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida “Do‘stlik kechasi” gala-konsert dasturi ham kun tartibidan o‘rin olgan.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi mamlakat Madiniyati vazirligi matbuot xizmati.
Madaniyat kunlari doirasida o‘zbek va tojik xalqlarining boy madaniy merosini namoyish etishga qaratilgan qator tadbirlar tashkil etiladi.
Xususan, “Navro‘zi olam” nomli uch avlod uchrashuvi va davra suhbatlari o‘tkaziladi. Ushbu tadbirda yozuvchi va shoirlar, ijodkorlar hamda ziyolilar ishtirok etib, adabiy-madaniy meros va hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashadi.
“Tojik kino kunlari” doirasida Tojikiston kinematografiyasining badiiy filmlari namoyish etiladi. Jumladan, “Qarmoqqa baliq”, “Haqiqatni izlab”, “Hayot go‘zal”, “Jo‘ra Sargor” kabi filmlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.
Qolaversa, O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida “Do‘stlik kechasi” gala-konsert dasturi, Tojikiston ijodiy jamoalarining konsert chiqishlari, tasviriy san’at ko‘rgazmalari hamda teatr jamoalarining sahna asarlari namoyishi rejalashtirilgan.
Tadbirlar joriy yilning 23–29 mart kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Uchastnitsa shestviya, priurochennogo k prazdnovaniyu Dnya natsionalnogo kostuma, v Tbilisi, Gruziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2026
Toshkentda Gruziya madaniyati kunlari: gala-konsert va filmlar namoyishi bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0