Termiz postida kartoshka ko‘rinishida niqoblangan 72 kilodan ortiq gashish fosh etildi

© Press-slujba SGBRaskrito 72 kg narkoticheskix veshestv, zamaskirovannix pod kartofel
Raskrito 72 kg narkoticheskix veshestv, zamaskirovannix pod kartofel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2026
Obuna bo‘lish
Yuk avtomashinasi tekshiruvida kartoshka ko‘rinishida yasalgan 222 dona bo‘lak ichiga yashirilgan 72 kg 300 gramm gashish borligi ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 24 mar – Sputnik. Afg‘onistondan “Termiz-avtomobil yo‘li” xalqaro o‘tkazish punkti orqali kartoshka ko‘rinishida niqoblangan 72 kilogrammdan ortiq narkotik modda olib kirishga urinish fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasi mazkur o‘tkazish punktiga kirib kelgan vaqtda DXX Chegara qo‘shinlari va bojxona idoralari xodimlari hamkorligida belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazilgan.
© Press-slujba SGBRaskrito 72 kg narkoticheskix veshestv, zamaskirovannix pod kartofel
Raskrito 72 kg narkoticheskix veshestv, zamaskirovannix pod kartofel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2026
Raskrito 72 kg narkoticheskix veshestv, zamaskirovannix pod kartofel
Ko‘rik davomida avtomashina yukxonasida kartoshka mahsulotlari borligi aniqlangan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sinchkovlik bilan tekshirilganda ular orasiga kartoshka ko‘rinishida yasalgan 222 dona bo‘lak yashirilgani ma’lum bo‘lgan.
Ularning ichida jami 72 kg 300 gramm “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yirik miqdordagi giyohvandlik vositalari Rossiyaga olib ketilishi rejalashtirilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
V Uzbekistane presekli rasprostranenie 32 kg narkotikov, vvezennix iz Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2026
Farg‘onada Tojikistondan olib kirilgan 32 kg narkotik moddasi fosh etildi
Yangiliklar lentasi
0