Farg‘onada Tojikistondan olib kirilgan 32 kg narkotik moddasi fosh etildi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishV Uzbekistane presekli rasprostranenie 32 kg narkotikov, vvezennix iz Tadjikistana
V Uzbekistane presekli rasprostranenie 32 kg narkotikov, vvezennix iz Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2026
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyatida DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Tojikistondan olib kirilgan opiy va gashish musodara qilindi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida giyohvandlik moddalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq bir qator holatlar fosh etildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan, 1984-yilda tug‘ilgan fuqaroning Qo‘qon shahridagi yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Natijada xonadon oshxonasidan 4 kg 572 gr “opiy” hamda 1 kg 58 gr “gashish” moddalari aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, unga tojikistonlik narkosavdogarlar tomonidan “WhatsApp” messenjeri orqali yuborilgan geolokatsiya asosida muqaddam Dang‘ara tumani hududiga yashirib ketilgan 9 kg 980 gr “opiy” moddasi ham olindi.
Bundan tashqari, ushbu shaxsga giyohvandlik vositalarini qayta ishlab, iste’molga tayyor holatga keltirishda yordam bergan, Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi, 1969-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil etgani aniqlandi. Uning xonadonidan ham 7 kg 226 gr “opiy” moddasi olindi.
Boshqa holatda Qo‘qon shahri hududida harakatlanayotgan, 1980-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, unda muqaddam 34 ming AQSh dollariga sotib olingan 5 kg 22 gr “opiy” moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu giyohvandlik moddasini sotgan, 1985-yilda tug‘ilgan hamshahari hamda uning jinoiy sherigi bo‘lgan 1985-yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi qo‘lga olindi. Shuningdek, tojikistonlik fuqaroning O‘zbekiston tumanidagi xonadonidan ham 2 kg 362 gr “opiy” moddasi olindi.
Qo‘qon shahrida qayd etilgan yana bir holatda “Nexia” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada unda yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan, 1992-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli sumka ichida 982 gr “gashish” moddasi borligi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, u giyohvandlik vositasini muqaddam tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan Qo‘qon shahri hududiga yashirib ketilgan xufiya joydan olgan.
Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa 2000-yilda tug‘ilgan shaxs Tojikistondan olib kelingan 989 gr “gashish” moddasini xaridorga 150 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (kontrabanda) va 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini saqlash, o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Mobilnaya fotografiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2025
Telegram-bot, narkotiklar va millionlab dollar: IIV jinoiy guruhni fosh qildi
Yangiliklar lentasi
0