Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq yopish bilan tahdid qildi

© NASAOrmuzskiy proliv - vid iz kosmosa
Ormuzskiy proliv - vid iz kosmosa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2026
Obuna bo‘lish
AQSh Eron elektr stansiyalariga zarar yetkazsa Ho‘rmuz bo‘g‘ozi to‘liq yopiladi.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Eron Bosh shtabi vakili Xatam al-Anbiya AQSh prezidenti Donald Trampning Eron 48 soat ichida Xo‘rmuz bo‘g‘ozini ochmasa elektr stansiyalariga hujum qilishi haqidagi tajovuzkor tahdidiga javob berdi.

Biz Ho‘rmuz bo‘g‘ozi faqat dushman kemalari uchun yopiq ekanligini bir necha bor ta’kidlaganmiz. U hali to‘liq yopiq emas. U bizning intellektual nazoratimiz ostida va u orqali o‘tish bizning xavfsizligimiz va manfaatlarimizni ta’minlaydigan maxsus qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi, - deyiladi bayonotda.

Lekin, shu bilan birga, Bosh shtab agar AQShning Eron elektr stansiyalariga qarshi tahdidlari amalga oshirilsa, quyidagi jazo choralari ko‘rilishini aytmoqda:
1.
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi butunlay yopiladi va shikastlangan elektr stansiyalari tiklanmaguncha qayta ochilmaydi.
2.
Isroil rejimining barcha elektr stansiyalari, energetika infratuzilmasi va axborot texnologiyalari (AKT) aktivlari to‘liq nishonga olinadi.
3.
Mintaqadagi Amerika aksiyadorlariga tegishli bo‘lgan barcha kompaniyalar butunlay yo‘q qilinadi.
4.
Mintaqadagi AQSh bazalarini joylashtirgan mamlakatlarning elektr stansiyalari bizning qonuniy nishonlarimizga aylanadi.
Biz urushni boshlamadik va hozir ham boshlash niyatimiz yo‘q, lekin agar dushman bizning elektr stansiyalarimizga zarar yetkazsa, biz mamlakatni va xalq manfaatlarini himoya qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Yuqorida keltirilgan nishonlarni yo‘q qilishning uzluksiz jarayoni boshlanadi va hech narsa bizga AQSh va uning mintaqadagi ittifoqchilarining energetika, neft va sanoat infratuzilmasini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyalarimizni davom ettirishga to‘sqinlik qila olmaydi.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Tegeran, Iran
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2026
Eron Fors ko‘rfazidagi barcha energetika obyektlarini yo‘q qilishni va’da berdi
Yangiliklar lentasi
0