https://oz.sputniknews.uz/20260322/tramp-tahdididan-song-eron-hududdagi-barcha-energetika-obektlarini-yoq-qilishga-vada-berdi-56442294.html
Tramp tahdididan so‘ng Eron hududdagi barcha energetika obyektlarini yo‘q qilishni va’da berdi
Tramp tahdididan so‘ng Eron hududdagi barcha energetika obyektlarini yo‘q qilishni va’da berdi
Sputnik O‘zbekiston
Tramp agar Tehron Hormuz bo‘g‘ozini 48 soat ichida ochmasa, Eronning elektr stansiyalarini yo‘q qilish bilan tahdid qildi 22.03.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-03-22T10:56+0500
2026-03-22T10:56+0500
2026-03-22T11:20+0500
aqsh
eron
donald tramp
fors ko‘rfazi
isroil
energetika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/03/56070251_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_4e5137c0f9165770d8c8152b7a4951ef.jpg
TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Agar Eron Hormuz bo‘g‘ozini 48 soat ichida ochmasa, Qo‘shma Shtatlar Islom Respublikasining elektr stansiyalarini yo‘q qiladi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.Eron Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi AQSh prezidentining ushbu tahdidiga javob qaytardi. Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval Isroil Eronning "Janubiy Fors" gaz koniga zarba bergan edi. Shundan So‘ng Eron Qatardagi yirik gaz ishlab chiqarish majmuasi hamda Isrroilning bir necha elektr stansiyalariga zarba bergan edi. Shundan so‘ng Donald Tramp Erondan zarbalarni darhol to‘xtatishni so‘rab, Eron energetika obyektlariga boshqa zarba bermaslikni va’da bergan edi. AQShning NBC telekanali, anonim manbalarga tayanib, AQSh Fors ko‘rfazidagi Eron portlari yoki orollariga kuchlarni joylashtirish orqali Hormuz bo‘g‘ozi orqali erkin o‘tishni ta’minlash yo‘llarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Eronning asosiy moliyalashtirish manbasini uzish uchun neft inshootlarini tortib olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. 28-fevral kuni AQSh va Isroil Erondagi nishonlarga zarba berishni boshladilar, bu esa zarar va tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi. Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy nishonlariga javob zarbalari berdi.Shuningdek Eron Fors ko‘rfazidan global bozorlarga neft va suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozining to‘sib qo‘yishini e’lon qildi. Bu o‘z navbatida jahon bozorlarida neft va gaz narxining oshishiga olib keldi.
eron
fors ko‘rfazi
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/03/56070251_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_70b59f71ac880bfca6ac583a7a0673d7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
aqsh, eron, donald tramp, fors ko‘rfazi, isroil, energetika
aqsh, eron, donald tramp, fors ko‘rfazi, isroil, energetika
Tramp tahdididan so‘ng Eron hududdagi barcha energetika obyektlarini yo‘q qilishni va’da berdi
10:56 22.03.2026 (yangilandi: 11:20 22.03.2026) Tramp agar Tehron Hormuz bo‘g‘ozini 48 soat ichida ochmasa, Eronning elektr stansiyalarini yo‘q qilish bilan tahdid qildi
TOShKENT, 22 mar – Sputnik. Agar Eron Hormuz bo‘g‘ozini 48 soat ichida ochmasa, Qo‘shma Shtatlar Islom Respublikasining elektr stansiyalarini yo‘q qiladi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.
"Agar Eron Hormuz bo‘g‘ozini hozirdan boshlab 48 soat ichida to‘liq va tahdidsiz ochmasa, Qo‘shma Shtatlar uning elektr stansiyalariga zarba beradi va yo‘q qiladi", - deb yozdi Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ida.
Eron Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi AQSh prezidentining ushbu tahdidiga javob qaytardi.
"Agar Eronning elektr tarmog‘iga hujum qilinsa, biz AQShning yaqin ittifoqchilari bo‘lgan Fors ko‘rfazi davlatlarining butun energiya infratuzilmasiga dron va raketa hujumlarini uyushtiramiz", - deyiladi javobda.
Eslatib o‘tamiz, ikki kun avval Isroil Eronning "Janubiy Fors" gaz koniga zarba bergan edi. Shundan So‘ng Eron Qatardagi yirik gaz ishlab chiqarish majmuasi hamda Isrroilning bir necha elektr stansiyalariga zarba bergan edi. Shundan so‘ng Donald Tramp Erondan zarbalarni darhol to‘xtatishni so‘rab, Eron energetika obyektlariga boshqa zarba bermaslikni va’da bergan edi.
AQShning NBC telekanali, anonim manbalarga tayanib, AQSh Fors ko‘rfazidagi Eron portlari yoki orollariga kuchlarni joylashtirish orqali Hormuz bo‘g‘ozi orqali erkin o‘tishni ta’minlash yo‘llarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Eronning asosiy moliyalashtirish manbasini uzish uchun neft inshootlarini tortib olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Erondagi nishonlarga zarba berishni boshladilar, bu esa zarar va tinch aholining qurbon bo‘lishiga olib keldi. Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy nishonlariga javob zarbalari berdi.
Shuningdek Eron Fors ko‘rfazidan global bozorlarga neft va suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozining to‘sib qo‘yishini e’lon qildi. Bu o‘z navbatida jahon bozorlarida neft va gaz narxining oshishiga olib keldi.