https://oz.sputniknews.uz/20260320/tibbiyot-muassasalari-ssv-56407534.html
Bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi – SSV
Bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi – SSV
Sputnik O‘zbekiston
Aholi salomatligini asrash, tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida alohida shtab tashkil etildi. 20.03.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-03-20T14:03+0500
2026-03-20T14:03+0500
2026-03-20T14:03+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/10/50582289_0:257:3072:1985_1920x0_80_0_0_e8b67562f1a4c697c617b44f8d0afe8d.jpg
TOShKENT, 20 mar – Sputnik. O‘zbekistondaRamazon hayiti va Navro‘z bayramida tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi. Bu haqda Sog‘liq saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati ma’lum qildi.Qayd etilishicha, aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida alohida shtab tashkil etildi.Shuningdek, 20-23 mart kunlari mamlakatdagi tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari hamda hududlardagi 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 20 ming nafar tibbiyot tizimi xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.O‘z navbatida, bayram kunlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 200 taga yaqin aholi punktida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.SSV bayramlar munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlarida 103 xizmati ham odatiy ish faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi.Xususan, Respublika tez tibbiy yordam markazining mamlakat bo‘ylab 14 ta hududiy filiali, 167 ta stansiya, 63 ta podstansiya va 1 436 tayanch punktida 2 860 dan ziyod tibbiy yordam brigadasi aholi hamda yurtimiz mehmonlaridan bo‘ladigan chaqiruvlar uchun doimiy shay holda.Bundan tashqari, bayram kunlari mamlakatdagi barcha tug‘uruq va bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.
https://oz.sputniknews.uz/20260225/ozbekistonliklar-mart-dam-55944082.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/10/50582289_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_3d53e9c9cb2909ecfb89bc034ca3b8e1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), o‘zbekiston
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), o‘zbekiston
Bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi – SSV
Aholi salomatligini asrash, tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida alohida shtab tashkil etildi.
TOShKENT, 20 mar – Sputnik. O‘zbekistondaRamazon hayiti va Navro‘z bayramida tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi. Bu haqda Sog‘liq saqlash vazirligi (SSV) matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, aholi salomatligini asrash, xususan, bayram va dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida alohida shtab tashkil etildi.
Shuningdek, 20-23 mart kunlari mamlakatdagi tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari hamda hududlardagi 39 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 20 ming nafar tibbiyot tizimi xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
O‘z navbatida, bayram kunlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 200 taga yaqin aholi punktida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlarida ham 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yaratilgan.
SSV bayramlar munosabati bilan e’lon qilingan dam olish kunlarida 103 xizmati ham odatiy ish faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi.
Xususan, Respublika tez tibbiy yordam markazining mamlakat bo‘ylab 14 ta hududiy filiali, 167 ta stansiya, 63 ta podstansiya va 1 436 tayanch punktida 2 860 dan ziyod tibbiy yordam brigadasi aholi hamda yurtimiz mehmonlaridan bo‘ladigan chaqiruvlar uchun doimiy shay holda.
Bundan tashqari, bayram kunlari mamlakatdagi barcha tug‘uruq va bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.