O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam olishadi - infografika

Obuna bo‘lish
2026 yil mart oyida 8-mart va Navro‘z munosabati bilan dam olish kunlari ko‘chiriladi. Besh kunlik ish haftasida ishlovchilar ikki marta 3 kunlik dam oladi.
2026 yil mart oyida o‘zbekistonliklarni bir nechta bayramlar va uzaytirilgan dam olish kunlari kutmoqda. Xususan, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni va 21-mart — Navro‘z bayrami dam olish kunlariga to‘g‘ri keladi.
Ramazon hayiti ham mart oyining ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Ammo hozircha aniq kuni ma’lum emas.
Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq, agar ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
Prezidentning tegishli farmoniga ko‘ra:
8 mart (yakshanba) munosabati bilan dam olish kuni 9-mart (dushanba) ga ko‘chiriladi;
21 mart (shanba) munosabati bilan dam olish kuni 23-mart (dushanba) ga ko‘chiriladi;
Shu tariqa, besh kunlik ish haftasida ishlovchilar mart oyida ikki marta 3 kunlik uzluksiz dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Batafsil – Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0