Xavoga uchayotgan pul: AQSh kuniga deyarli $1 mlrd sarflamoqda, Eron esa 6 oylik urushga tayyor

© Foto : U.S. ArmyIspitatelnie strelbi iz ZRK Patriot. Arxivnoe foto
Ispitatelnie strelbi iz ZRK Patriot. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2026
Obuna bo‘lish
AQShning asosiy xarajatlari o‘q-dorilar va Eronning javob zarbalarini qaytarishga ketgan, ayni paytda Tehron raketa arsenali va dronlarining salmoqli qismini saqlab qolayotgani qayd etilmoqda
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Pentagon vakillari AQSh Kongressiga urushning dastlabki yetti kunidagi xarajatlar taxminan 6 milliard dollarni tashkil etganini ma’lum qildi. Bu haqda New York Times nashri yozdi.
Shundan qariyb 4 milliard dollar o‘q-dorilarga, avvalo Eronning javob raketa zarbalarini qaytarish uchun ishlatilgan tutib qoluvchi raketalarga sarflangan.
Gazeta yozishicha, mojaroda g‘alaba qanday ko‘rinish olishi hali ham noaniqligicha qolmoqda. Mojaro boshlanganidan beri AQSh va Isroil kuchlari Eron hududidagi nishonlarga, jumladan ballistik raketalar pozitsiyalari, harbiy shtablar va dengiz kuchlari obyektlariga qariyb to‘rt ming zarba bergan.
Biroq Tehron hanuz harbiy salohiyatining katta qismini saqlab qolmoqda. Amerika rasmiylarining yopiq brifinglarda keltirilgan hisob-kitoblariga ko‘ra, Eronda raketa arsenalining taxminan yarmi va dronlarning salmoqli qismi saqlanib qolgan. Shu bois nashr urushning birinchi haftasini yakuniy natijasi noaniq bosqich sifatida baholagan.
Shu bilan birga, Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi vakili Ali Muhammad Nainiyning aytishicha, mamlakat qurolli kuchlari hozirgi sur’atda kamida olti oy davomida shiddatli urush olib borishga qodir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron arsenalida og‘ir, ballistik va qanotli raketalar, turli xil dronlar hamda zarba beruvchi kemalar mavjud. Shuningdek, u yaqin kunlarda yanada ilg‘or uzoq masofali raketalardan foydalanish mumkinligini aytgan.
Erondagi gumanitar oqibatlar ham og‘ir bo‘lmoqda. Eron Qizil yarim oy jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, AQSh va Isroil hujumlari oqibatida 9 669 ta fuqarolik inshooti zarar ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, mojaro 28-fevral kuni boshlangan. Shu vaqtdan buyon Eron AQSh va Isroil hujumlariga javoban Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy obyektlari va Isroil hududiga raketa hamda dron zarbalari bermoqda. Turli manbalarda qurbonlar va vayronagarchilik ko‘lami ortib borayotgani qayd etilmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Zapusk iranskoy raketi Xorremshexr-4. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2026
Eron mojarosi: sabablar, raketa zaxiralari, ehtimoliy davomiyligi - tomonlar bayonotlari
Yangiliklar lentasi
0