Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina maxsus xizmati korrupsiyaga qarshi kurashish buro xodimini qo‘lga oldi

© Security Service of UkraineSotrudnik SBU
Sotrudnik SBU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2026
Obuna bo‘lish
Sumi shahriga kirishda aksilkorrupsiya idorasi xodimi ushlangani ortidan Ukraina rasmiylari va korrupsiyaga qarshi tuzilmalar o‘rtasidagi ziddiyat kuchaygani aytilmoqda.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) Sumi shahriga kirishdagi blokpostda Ukraina Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy burosi (KQKB) xodimini qo‘lga olganini tasdiqladi.
Avvalroq KQKB o‘z Telegram-kanalida xodimi UXX tomonidan “hamkorlik”da ayblanib, asossiz ushlanganini ma’lum qilgan edi.
Mamlakat KQKB bayonotiga ko‘ra, xodimning ota-onasi 2022-yilda Rossiya nazoratiga o‘tgan to‘rt hududdan birida yashayotgani ushbu ayblov uchun asos qilib ko‘rsatilgan. Idora hozirda hodisaning barcha holatlarini o‘rganayotganini bildirgan.
UXX esa o‘z bayonotida Sumi shahriga kirishdagi blokpostlardan birida qo‘shimcha tekshiruv talab etiladigan bir qator belgilarga ega Ukraina fuqarosi aniqlanganini ma’lum qildi.
Maxsus xizmat iddaosiga ko‘ra, erkak ish joyini aytishdan bosh tortgan va shaxsini tasdiqlash uchun “Dіya” ilovasidagi sahifani ko‘rsatgan. Shundan so‘ng unga nisbatan kuchaytirilgan tekshiruv o‘tkazilgan.
Avvalroq Ukraina ommaviy axborot vositalari Oliy rada deputatlariga nisbatan korrupsiya ayblovlari va Ukraina energetikasida mablag‘larni o‘g‘irlash bo‘yicha Yevropa va AQShda shov-shuvga sabab bo‘lgan ishlarning ko‘payishi fonida Kiyev rasmiylarining korrupsiyaga qarshi kurash organlari bilan ziddiyati kuchayib borayotgani haqida xabar bergan edi
Zasedanie Verxovnoy radi Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2026
Ukrainada sobiq bosh vazir va Zelenskiy partiyasi fraksiyasi rahbari korrupsiyada gumonlanyapti
Yangiliklar lentasi
0