Ukrainada sobiq bosh vazir va Zelenskiy partiyasi fraksiyasi rahbari korrupsiyada gumonlanyapti

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishZasedanie Verxovnoy radi Ukraini
Zasedanie Verxovnoy radi Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2026
Obuna bo‘lish
Zelenskiy partiya fraksiyasi rahbari va sobiq bosh vazir huzurlarida korrupsiyaga qarshi tintuvlar o‘tkazilmoqda. Timoshenko fraksiyaga pul evaziga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralar olib borgani aytilmoqda
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurashish organlari — Ukraina milliy aksilkorrupsiya burosi (NABU) va Korrupsiyaga qarshi ixtisoslashtirilgan prokuratura (SAP) — mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiyning parlamentdagi "Sluga naroda" fraksiyasi rahbari David Araxamiya hamda "Batkivshina" partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko huzuriga tintuv o‘tkazish uchun kelgan. Bu haqda Ukrainaning "Obozrevatel" nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mazkur siyosatchilarning parlament a’zolari bilan bog‘liq faoliyatini tekshirmoqda. Ayniqsa, qonun loyihalari bo‘yicha ovoz berish jarayonida noqonuniy manfaat taklif qilish holatlari asosiy e’tibor markazida ekani aytilmoqda.
Shu bilan birga, deputat Aleksey Goncharenko* o‘zining Telegram-kanalida Timoshenko bilan bog‘liq tintuvlar haqidagi ma’lumotni tasdiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchi ayrim deputatlar bilan ularni fraksiyaga pul evaziga qo‘shish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan.
Seshanba kuni esa korrupsiyaga qarshi organlar qonun loyihalari bo‘yicha ovoz berish uchun boshqa deputatlarga noqonuniy manfaat taklif etgan qonun chiqaruvchi aniqlanganini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun: Yuliya Timoshenko 2005-yil 24-yanvardan 8-sentabrgacha, shuningdek, 2007-yil 18-dekabrdan 2010-yil 3-martgacha Ukraina bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
*Aleksey Goncharenko Rossiya Federatsiyasida terrorist va ekstremistlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Deputati na zasedanii Verxovnoy radi Ukraini v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2025
Zelenskiyga yaqin deyilgan deputatlar korrupsiya ishi: bu safar Mindich ishiga aloqasi yo‘q
Yangiliklar lentasi
0