Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rossiya YeOII mamlakatlariga 9 mlrd dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qildi

© RIA Novosti Mejdunarodnie avtoperevozki
Mejdunarodnie avtoperevozki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2026
Obuna bo‘lish
Ittifoq bozorlariga 12,2 million tonnadan ortiq mahsulot yetkazib berildi, bu esa rekord natija bo‘ldi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. 2025 yilda Rossiya Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari bozorlariga 12,2 million tonnadan ortiq agrosanoat mahsulotlarini yetkazib berdi. Eksport tushumi qariyb 9 milliard dollarni tashkil etdi.
Bu haqda Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirish federal markazi — “Agroeksport” matbuot xizmati xabar berdi.
Markaz ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilga nisbatan eksport qiymat jihatidan 23 foizga oshgan. Bu YeOII 2015-yilda ish boshlaganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
Rossiyaning ittifoq mamlakatlariga eksporti barcha yo‘nalishlarda o‘sgan. Jumladan, Belarusga yetkazib berish hajmi 4 milliard dollardan oshdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 32 foizga ko‘p.
Qozog‘istonga eksport qariyb 3,8 milliard dollarni tashkil etdi, o‘sish 15 foiz bo‘ldi. Bu bozorda shakar 340 million dollardan ortiq, shokoladli qandolat mahsulotlari 300 million dollar, unli qandolat mahsulotlari esa 259,5 million dollarlik hajm bilan yetakchi o‘rinlarni egalladi.
Qirg‘izistonga eksport 700 million dollardan oshdi. Bu 2024-yilga nisbatan 25 foizga ko‘p. Asosiy tovarlar kungaboqar yog‘i, shokoladli va unli qandolat mahsulotlari bo‘ldi.
Armanistonga yetkazib berish hajmi 470 million dollardan oshib, 18 foizlik o‘sishni ko‘rsatdi. Bu bozorda bug‘doy, shokoladli qandolat mahsulotlari va kungaboqar yog‘i asosiy eksport pozitsiyalari bo‘ldi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Gruzovie avtomobili u KPP Chernishevskoe v Kaliningradskoy oblasti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2025
Rossiya O‘zbekistonga 1 mlrd dollarga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qildi
Yangiliklar lentasi
0