https://oz.sputniknews.uz/20251111/russia-uzbekistan-qishloq-xojalik-eksport-53392265.html
Rossiya O‘zbekistonga 1 mlrd dollarga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qildi
Rossiya O‘zbekistonga 1 mlrd dollarga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya joriy yilda O‘zbekistonga 938 million dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qildi — bu o‘tgan yilga nisbatan 15 foiz ko‘p. Asosiy mahsulotlar shakar, shokolad va soya shroti bo‘ldi.
2025-11-11T19:00+0500
2025-11-11T19:00+0500
2025-11-11T19:00+0500
eksport
import
savdo
hamkorlik
iqtisod
rossiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/0b/47930729_0:150:3109:1899_1920x0_80_0_0_80d2d8efdfa95beecc23aec76f1a1fec.jpg
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Rossiya joriy yilning dastlabki 10 oyida O‘zbekistonga 938 million dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga ko‘p. Bu haqda Rossiyaning “Agroeksport” federal markazi xabar berdi.Eksport tarkibining asosini shakar va shakar xomashosi tashkil etdi — yanvar–oktabr oylarida bu mahsulotlar 188 million dollarlik hajmda yetkazib berilgan. Ikkinchi o‘rinda shokoladli qandolat mahsulotlari (82 mln dollar), uchinchi o‘rinda esa soya shroti va kunjarasi (61 mln dollar) joy oldi.Bundan tashqari, Rossiya O‘zbekistonga non va qandolat mahsulotlari, shirin gazlangan ichimliklar, mayonez, souslar, margarin, pishloq, tvorog, muzlatilgan baliq, hayvonlar uchun ozuqa, qahva va parranda go‘shti yetkazib berish hajmini ham sezilarli oshirgan. Xususan, parranda go‘shti eksporti 2,7 barobarga, eriydigan qahva ikki barobarga, tirik hayvonlar yetkazib berish 12 barobarga ko‘paygan.Shuningdek, Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘zbekistondagi vakili Aleksey Ulyanov ta’kidlashicha, Rossiya kelgusida shakar, parranda go‘shti, sut va baliq mahsulotlari, tirik qoramol va mayda shoxli mollar yetkazib berish hajmini yanada oshirish imkoniyatlariga ega.
https://oz.sputniknews.uz/20251111/uzbekistan-russia-kazakhstan-imtiyoz-tarif-53385497.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/0b/47930729_190:0:2921:2048_1920x0_80_0_0_1fd1caefed0a4919cd547df8eeccb6ac.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, o‘zbekiston, oziq-ovqat eksporti, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, agroeksport, ilya ilyushin, aleksey ulyanov, shakar, shokolad, soya, parranda go‘shti, qahva, baliq, eksport o‘sishi, rossiya oziq-ovqat bozori
rossiya, o‘zbekiston, oziq-ovqat eksporti, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, agroeksport, ilya ilyushin, aleksey ulyanov, shakar, shokolad, soya, parranda go‘shti, qahva, baliq, eksport o‘sishi, rossiya oziq-ovqat bozori
Rossiya O‘zbekistonga 1 mlrd dollarga yaqin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qildi
Rossiya O‘zbekistonga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish hajmini 15 foizga oshirdi, eksport qiymati 938 million dollarni tashkil etdi. Asosiy mahsulotlar shakar, shokolad va soya shroti bo‘ldi
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Rossiya joriy yilning dastlabki 10 oyida O‘zbekistonga 938 million dollarlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga ko‘p. Bu haqda Rossiyaning “Agroeksport” federal markazi
xabar berdi.
Eksport tarkibining asosini shakar va shakar xomashosi tashkil etdi — yanvar–oktabr oylarida bu mahsulotlar 188 million dollarlik hajmda yetkazib berilgan. Ikkinchi o‘rinda shokoladli qandolat mahsulotlari (82 mln dollar), uchinchi o‘rinda esa soya shroti va kunjarasi (61 mln dollar) joy oldi.
Bundan tashqari, Rossiya O‘zbekistonga non va qandolat mahsulotlari, shirin gazlangan ichimliklar, mayonez, souslar, margarin, pishloq, tvorog, muzlatilgan baliq, hayvonlar uchun ozuqa, qahva va parranda go‘shti yetkazib berish hajmini ham sezilarli oshirgan. Xususan, parranda go‘shti eksporti 2,7 barobarga, eriydigan qahva ikki barobarga, tirik hayvonlar yetkazib berish 12 barobarga ko‘paygan.
“2018 yildan 2024-yilgacha O‘zbekiston bozoriga Rossiya oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish 2,8 barobarga oshdi. 2030-yilga kelib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 1,4 milliard dollardan oshishi mumkin”, — dedi “Agroeksport” markazi rahbari Ilya Ilyushin.
Shuningdek, Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligining O‘zbekistondagi vakili Aleksey Ulyanov ta’kidlashicha, Rossiya kelgusida shakar, parranda go‘shti, sut va baliq mahsulotlari, tirik qoramol va mayda shoxli mollar yetkazib berish hajmini yanada oshirish imkoniyatlariga ega.