Uyushgan va kiberjinoyatlarga qarshi kurash kuchaytiriladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishVirus-vimogatel atakoval IT-sistemi kompaniy v raznix stranax
Virus-vimogatel atakoval IT-sistemi kompaniy v raznix stranax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2026
Obuna bo‘lish
SIM-kartasi va elektron akkauntlardan kiberjinoyatni sodir etishda foydalanilishiga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik belgilanadi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kiberjinoyatlar va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Taqdimotda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar hamda ko‘plab fuqarolarga jabr keltirayotgan “moliyaviy piramida” uchun jazo choralarini kuchaytirish maqsadga muvofiq ekani qayd etildi.
O‘z nomidagi elektron to‘lov vositasi, kriptohamoni, SIM-kartasi va elektron akkauntlardan kiberjinoyatni sodir etishda foydalanilishiga yo‘l qo‘yganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilash taklif qilindi.
Yuridik shaxslar tomonidan axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganlik uchun oqibat kelib chiqqan-chiqmaganidan qat’i nazar, ma’muriy javobgarlikni belgilash taklif qilindi.
Ta’kidlanishicha, ushbu amaliyot masofadan moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatuvchi banklarga ham taalluqli bo‘ladi.
Tijorat banklari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlari axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida sodir etilgan kiberjinoyat oqibatida yuzaga kelgan moddiy zarar uchun javobgar bo‘lishini qonunan mustahkamlash tashabbusi ilgari surildi.
Taqdimotda uyushgan jinoyatchilikning sodir etish shakl va uslublari yangilanib borayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlarni sodir etish maqsadida jinoiy uyushma tashkil etganlik, uni moliyalashtirganlik, ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni yashirishga homiylik qilganlik, jangovar sport turlari bo‘yicha musobaqalarni noqonuniy tashkil etganlik va o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi, bezorilik jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirishni nazarda tutuvchi, shuningdek, qonunga zid ravishda tashkil etilgan jangovar sport turlari bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etganlik uchun ma’muriy javobgarlikni belgilovchi normalar kiritish taklif etildi.
Prezident takliflarni ma’qullab, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda so‘nggi olti yilda kiberjinoyatlar bo‘yicha murojaatlar soni 48 baravarga oshgan. O‘tgan yilda sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarining 82 foizi, o‘g‘irlik jinoyatlarining 76 foizi kibermakonda sodir etilgan. Ular orqali jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan moddiy zarar 2 trillion so‘mdan oshgan.
Kiberfiribgarlardan qanday himoyalanish kerak? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2024
Matbuot markazi
Kiberfiribgarlardan qanday himoyalanish kerak?
Yangiliklar lentasi
0