Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Kiberfiribgarlardan qanday himoyalanish kerak?

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Kiberxavfsizlik markazi: Xodimlar bank kartalari yoki hisob raqamlari bilan bog‘liq masalalarni telefon orqali hal qilishni so‘ramaydi.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 24-dekabr kuni “O‘zbekistonda kiberjinoyatchilardan qanday himoyalanish mumkin: zamonaviy tahdidlar va himoyalanish usullari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston IIV huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i Bekzod Mamajonov Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida kiberfiribgarlar qanday usullardan foydalanayotgani haqida so‘zlab berdi.
“Kiber firibgarliklarning asosiy turi — APK virus dasturlarini yuborish orqali bank kartangizga qo‘shimcha foydalanuvchi sifatida ulanib olib, sizning nomingizdan istalgan amaliyotni bajarishi mumkin”, — dedi Bekzod Mamajonov.
Anjumanda kiberfiribgarlardan himoyalanish usullariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
“Bank kartangiz yoki hisob raqamingizga bog‘liq ma’lumotlarni talab qilsa, bilingki, bu holatlarning 90%da firibgarlik sodir etilayotgan bo‘ladi”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumotlarni qayta tekshirish kerak. Qo‘ng‘iroqni qo‘ygandan so‘ng, kim bilandir maslahatlashish, bu haqiqat yoki yolg‘onligini aniqlash kerak.
“Bilib qo‘yingki, hech qachon xodimlar bank kartalari yoki hisob raqamlari bilan bog‘liq masalalarni fuqaroga telefon orqali hal qilishni so‘ramaydi. Bunday amaliyot yo‘q. Ya’ni, bank kartasi yoki hisob raqamiga bog‘liq ma’lumotlarni kim bo‘lishidan qat’i nazar, hatto sizga xizmat ko‘rsatadigan bank xodimi bo‘lsa ham telefon orqali so‘ramaydi. Shu sababli, bunday holatlarda bemalol qo‘ng‘iroqni qo‘yib qo‘yish maqsadga muvofiqdir”, — deb qo‘shimcha qildi IIV vakili.
Yangiliklar lentasi
0