Infantino: Tramp Eron termasining JCh-2026 dagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

© REUTERS Evelyn HocksteinInfantino zayavil, chto Tramp privetstvuyet uchastie sbornoy Irana v ChM-2026
Infantino zayavil, chto Tramp privetstvuyet uchastie sbornoy Irana v ChM-2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2026
Obuna bo‘lish
FIFA prezidenti Janni Infantinoning ma’lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Eron termasining futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirokini qo‘llab-quvvatlagan.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eron terma jamoasining futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlagan. Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi — FIFA prezidenti Janni Infantino ma’lum qildi.
2026 yilgi jahon chempionati tarixda ilk bor 48 ta milliy jamoa ishtirokida o‘tkaziladi. Shuningdek, bu turnir birinchi marta bir vaqtning o‘zida uch mamlakat — AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 11-iyundan 19-iyulga qadar davom etadi.
Eron terma jamoasi G guruhidan joy olgan bo‘lib, unda Belgiya, Misr va Yangi Zelandiyaga qarshi o‘ynaydi. Jamoaning o‘yinlari AQShning Los-Anjeles va Sietl shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“Bugun kechqurun men AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashib, bo‘lajak jahon chempionatiga tayyorgarlikning borishi va 93 kundan keyin boshlanadigan turnir starti oldidan tobora kuchayib borayotgan hayajonni muhokama qildim. Shuningdek, Erondagi vaziyat va Eron terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgani haqida suhbatlashdik. Muhokama chog‘ida prezident Tramp Eron terma jamoasi, albatta, Qo‘shma Shtatlardagi turnirda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi”, — deb yozdi Infantino.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda asosiy g‘oya — futbol orqali odamlarni yaqinlashtirish.
“Hozir barchamizga odamlarni birlashtira oladigan jahon chempionati kabi tadbir har qachongidan ham ko‘proq kerak. Men AQSh prezidentiga futbol dunyoni birlashtirishini yana bir bor isbotlagan qo‘llab-quvvatlovi uchun chin dildan minnatdorchilik bildiraman”, — deya qo‘shimcha qildi FIFA rahbari.
So‘nggi kunlarda Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat ortidan Eron termasining AQShdagi o‘yinlarda ishtirok etishi masalasi dolzarb mavzulardan biriga aylangan edi.
Avvalroq Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj AQSh va Isroilning zarbalari fonida milliy jamoa jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligini aytgan edi.
“Bugungi voqealar va Qo‘shma Shtatlar tomonidan uyushtirilgan hujumdan keyin jahon chempionatiga umid bilan qarash qiyin, ammo bu boradagi qarorni sport tashkilotlari rahbarlari qabul qilishi kerak”, — degan edi u.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi. Vashington va Tehron muzokaralarining so‘nggi bosqichi 26-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan edi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning hujumlarini qoraladi va zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Janni Infantino, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2026
FIFA prezidenti Infantino: Rossiyaga qo‘yilgan futbol taqiqini qayta ko‘rib chiqish kerak
Yangiliklar lentasi
0