FIFA prezidenti Infantino: Rossiyaga qo‘yilgan futbol taqiqini qayta ko‘rib chiqish kerak

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishJanni Infantino, arxiv surat
Janni Infantino, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2026
Obuna bo‘lish
Infantino Rossiya jamoalariga qo‘yilgan taqiq samara bermaganini aytdi va FIFA nizomini o‘zgartirishni taklif qildi. Vladimir Putinning matbuot kotibi bu bayonotni olqishladi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Rossiya terma jamoalari va klublariga nisbatan qo‘yilgan taqiq masalasini qayta ko‘rib chiqishi lozimligini aytdi. Uning fikricha, taqiq kutilgan natijani bermagan.
Infantino bu haqda Sky News savoliga javob berar ekan, “taqiq hech narsa bermadi, faqat ko‘proq umidsizlik va nafrat uyg‘otdi”, dedi.
2022 yil fevral oyida FIFA va UEFA Ukrainadagi voqealar sabab Rossiya terma jamoalari va klublarini noma’lum muddatga xalqaro musobaqalardan chetlashtirgan edi.
Infantino, shuningdek, kelgusida siyosiy sabablarga ko‘ra mamlakatlarga nisbatan sanksiyalar joriy etish imkoniyatini cheklash maqsadida FIFA nizomini o‘zgartirish taklifini ilgari surdi.
Kreml mazkur bayonotni olqishladi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov sportni siyosiylashtirmaslik kerakligini ta’kidladi va bu masala yuzasidan mulohazalar paydo bo‘lganini ijobiy baholadi.
Gosudarstvenniy flag Rossiyskoy Federatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2026
Rossiyalik yosh sportchilar yaqin vaqtda milliy bayroq ostida musobaqalarga qaytishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0