Sifatga e’tiroz va soliqdan qochishlar sabab meva-sabzavot eksportida nazorat kuchaytiriladi

© Sputnik / Tomas TxaysukMevalar, arxiv surat
Mevalar, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2026
Obuna bo‘lish
Importchi davlatlardan e’tirozlar soni ortishi ortidan O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida “yashil”, “sariq” va “qizil” yo‘laklarga asoslangan yangi nazorat tizimini joriy etmoqda.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Meva-sabzavot mahsulotlarini import qiluvchi davlatlar, birinchi navbatda, Rossiyadan mahsulotlarning oziq-ovqat xavfsizligi talablariga nomuvofiqligi bo‘yicha e’tirozlar soni ortib borayotgani sababli mazkur mahsulotlar eksporti ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Xabarda aytilishicha, 2025-yil davomida ayrim tadbirkorlar soliq to‘lashdan qochish maqsadida eksport narxlarini sun’iy pasaytirgani oqibatida 192 million dollarlik mahsulot hujjatlarda aks etmagan.
2026 yil yanvar oyining o‘zida 37,5 million dollarlik mahsulot eksport ko‘rsatkichlarida qayd etilmagan, importchi davlatlardan 700 tadan ortiq, birgina Rossiyadan esa 45 ta e’tiroznoma kelib tushgan.
Shu munosabat bilan yashirin iqtisodiyotga barham berish, eksportda ochiqlik, sifat va shaffoflikni ta’minlash maqsadida tahlilga asoslangan “Xavflarni boshqarish tizimi” joriy etilmoqda.
Unga ko‘ra, eksportchi korxonalar “yashil”, “sariq” va “qizil” yo‘laklarga ajratiladi.
“Yashil” yo‘lakka fitosanitar talablarga rioya qiladigan, mahsulotni toza hududlardan yuklaydigan, zararli organizmlardan xoli va zamonaviy qadoqda eksport qiladigan, narxlarni sun’iy pasaytirmaydigan korxonalar kiradi. Bu toifa uchun karantin nazorati va eksport jarayoni soddalashtiriladi.
“Sariq” yo‘lak talablarni muntazam buzuvchi korxonalar uchun joriy etiladi. Bunda nazorat tanlab olish tamoyili asosida amalga oshiriladi, uzum, pomidor, anor, limon, gulkaram va ko‘katlar kabi mahsulotlar uchun laboratoriya tahlili majburiy bo‘ladi. Kamchiliklarni bartaraf etish uchun 5 kun muddat beriladi, kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin korxona avtomatik ravishda “yashil” yo‘lakka qaytariladi.
“Qizil” yo‘lak esa eksport talablarini muntazam buzgan va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan korxonalarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunday tadbirkorlar uchun xizmatlar qoidabuzarliklar bartaraf etilguniga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.
Skoplenie gruzovikov na granitse Kaliningradskoy oblasti s Litvoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2025
O‘zbekiston va YeOII
Markaziy Osiyo orqali tranzit 70 foizga oshdi — YeOTB
Yangiliklar lentasi
0