Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Markaziy Osiyo orqali tranzit 70 foizga oshdi — YeOTB

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishSkoplenie gruzovikov na granitse Kaliningradskoy oblasti s Litvoy
Skoplenie gruzovikov na granitse Kaliningradskoy oblasti s Litvoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.10.2025
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyo joylashuvi va infratuzilma tufayli Yevroosiyoning muhim tranzit xabiga aylanmoqda.
TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Yevroosiyo taraqqiyot banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2020–2024 yillarda Markaziy Osiyo orqali tranzit yuk hajmi 70 foizga oshdi. Bu barqaror tendensiyaga aylangan.
Tranzit oqimlarining 80 foizi Qozog‘iston va O‘zbekiston orqali o‘tadi. Tranzit yuklarning qariyb 60 foizi temir yo‘l orqali tashiladi. Barcha tranzitning 70 foizdan ortig‘i bir tomondan Xitoy, ikkinchi tomondan esa Rossiya, Turkiya, Afg‘oniston va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi.
YeOTB Transport loyihalari observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2035-yilgacha Markaziy Osiyoda transport yo‘laklarini rivojlantirishga 52 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritiladi.

"Markaziy Osiyoda barqaror iqtisodiy o‘sish uchun zamonaviy infratuzilma zarur", — dedi YeOTB Boshqaruv raisining o‘rinbosari Yevgeniy Vinokurov.

Uning ta’kidlashicha, hisob-kitoblarga ko‘ra, 2035-yilgacha mintaqada infratuzilmani rivojlantirish uchun kamida 53 milliard dollar sarmoya talab etiladi. Bu mablag‘larning asosiy qismi Shimol–Janub yo‘nalishidagi transport loyihalariga, jumladan Trans-Afg‘on yo‘lagini rivojlantirishga yo‘naltirilishi kerak. Ushbu yo‘lak mintaqani Ko‘rfaz va Janubiy Osiyo davlatlari bilan bog‘lab, savdo uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Tranzitning o‘sishi “yumshoq” infratuzilmaga ham bevosita bog‘liq. Markaziy Osiyoda chegaralarni kesib o‘tish tartiblarini soddalashtirish tranzit yuk oqimlarini tezlashtiradi, tarif siyosatini muvofiqlashtirish esa konteyner tashuvlari narxini pasaytirish imkonini beradi.
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na tretyey Konferensii Organizatsii Obyedinennix Natsiy po razvivayushimsya stranam, ne imeyushim vixoda k moryu   
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2025
O‘zbekiston BMT shafeligida global tranzit kafolatlarini yaratishni taklif qildi
Yangiliklar lentasi
0