“Ularni cho‘ktirish qiziqarliroq”: Tramp Eronning 46 ta harbiy kemasi yo‘q qilinganini aytdi

© AP Photo / Efrem LukatskyVoyenniy korabl SShA
Voyenniy korabl SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2026
Obuna bo‘lish
Tramp Eronning kemalar egallab olinmasdan cho‘ktirilayotganiga izoh berdi. AQSh prezidenti bir tadbir doirasidagi bayonotlarining birida 46ta, boshqasida esa 51ta kema cho‘ktirilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Eron kemalarini qo‘lga olish emas, cho‘ktirish afzal ko‘rilganini “ularni cho‘ktirish qiziqarliroq” degan ibora bilan izohladi.
Floridadagi tadbirda Tramp Eronning harbiy-dengiz floti deyarli yo‘q qilinganini da’vo qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik harbiylar Eronning “eng yaxshi” kemalarini ham egallab olish emas, cho‘ktirish yo‘lini tanlagan. Tramp bu borada bir muloqotini eslab, “ularni cho‘ktirish qiziqarliroq” ekani aytilganini bildirdi.
Shu bilan birga, Tramp Eron flotining endi yo‘qligini va u “okean tubida yotgani”ni aytdi. U bir chiqishida 46 ta kema haqida gapirgan, ushbu tadbirdagi boshqa bayonotida esa 51 ta harbiy kema cho‘ktirilganini aytdi.
Tramp, agar kerak bo‘lib qolsa, neft tankerlariga Amerika eskportini yuborishga va’da berdi.
“<...> Agar ular nimadir qilishsa, biz ularga shunday zarba beramizki, ularning o‘zlari ham, ularga yordam berayotganlar ham dunyoning bu qismida hech qachon tiklana olmaydi”, — dedi Tramp jurnalistlarga.
AQSh hatto urush hududidan ancha uzoqdagi kemani ham cho‘ktirgan
Avvalroq AQSh harbiy vaziri Pit Xegset jurnalistlarga Amerika suvosti kemasi Eron harbiy kemasini Hind okeanining xalqaro suvlarida cho‘ktirganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Ikkinchi jahon urushidan beri torpeda yordamida amalga oshirilgan birinchi bunday holat bo‘lgan.
Eron armiyasi ma’lumotiga ko‘ra, kema ekipaji 136 kishidan iborat bo‘lgan, ulardan 104 nafari halok bo‘lgan, 32 nafari yaralangan.
AQSh prezidenti Donald Tramp, agar Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi neft oqimini to‘xtatsa, Vashington hozirgidan 20 barobar kuchliroq zarba berishini aytdi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Avvalroq Eron tashqi ishlar vaziri Aroqchi Tehron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopmaganini bildirgan edi.
“Agar Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali neft oqimini to‘xtatadigan biror harakat qilsa, AQSh hozirgidan yigirma barobar kuchliroq zarba beradi. Bundan tashqari, biz osongina zaif nishonlarni yo‘q qilamiz, bu esa Eronning millat sifatida qayta tiklanishini deyarli imkonsiz qiladi...”, — deb yozdi Tramp.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi. Vashington va Tehron muzokaralarining so‘nggi bosqichi 26-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan edi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning hujumlarini qoraladi va zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Dim na meste amerikano-izrailskogo udara po Tegeranu. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.03.2026
Tanker cho‘ktirilishi, qiruvchi samolyotlarga hujum, xalqaro bayonotlar: Eron bo‘yicha yangiliklar
Yangiliklar lentasi
0