https://oz.sputniknews.uz/20260301/tanker-samolyot-bayonot-iran-yangiliklar-56040205.html
Tanker cho‘ktirilishi, qiruvchi samolyotlarga hujum, xalqaro bayonotlar: Eron bo‘yicha yangiliklar
Tanker cho‘ktirilishi, qiruvchi samolyotlarga hujum, xalqaro bayonotlar: Eron bo‘yicha yangiliklar
Sputnik O‘zbekiston
Eron va Isroil o‘rtasidagi zarbalar fonida Fors ko‘rfazida kamida 150 tanker to‘xtadi. Hurmuz bo‘g‘ozida xavfsizlik vaziyati keskinlashdi, mintaqa bo‘ylab harbiy harakatlar va diplomatik bayonotlar kuchaymoqda.
2026-03-01T17:40+0500
2026-03-01T17:40+0500
2026-03-02T10:12+0500
dunyo yangiliklari
isroil
aqsh – eron mojarosi
dunyoda
eron
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/01/56036614_0:141:1350:900_1920x0_80_0_0_7ec081e794c48e306d2b97e861ab226d.jpg
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Eron va butun Yaqin Sharqda vaziyat tobora keskinlashmoqda: Fors ko‘rfazi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofida dengiz harakati cheklanmoqda, Eron va Isroil o‘rtasidagi zarbalar davom etmoqda.Fors ko‘rfazida tankerlar to‘xtadi"Reuters" agentligining xabar berishicha, kamida 150 ta tanker, jumladan, xom neft va suyultirilgan gaz tashuvchi kemalar Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan tashqaridagi Fors ko‘rfazi suvlarida langar tashlagan. Yana o‘nlab kemalar bo‘g‘ozning narigi tomonida to‘plangan.Avvalroq Eron harbiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopganini ma’lum qilgan.Dengiz xavfsizligi markazi Palau bayrog‘i ostidagi tankerga hujum uyushtirilganini, ekipajning to‘rt a’zosi jarohatlanganini ma’lum qilgan. Eronning IRIB teleradiokompaniyasi esa zarbaga uchragan tanker cho‘kib ketayotgani haqida xabar berdi.Qurbonlar va yangi zarbalarISNA agentligi ma’lumotiga ko‘ra, AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eronning markaziy qismida kamida 12 nafar harbiy halok bo‘lgan. Eron Qizil yarim oyligi 28-fevral holatiga ko‘ra hujumlar natijasida 201 kishi halok bo‘lgani va 747 kishi jarohatlanganini bildirgan.IRIB ma’lum qilishicha, Eron dronlar yordamida raketa zarbalarining yangi to‘lqinini boshlagan. O‘z navbatida, Isroil harbiy-havo kuchlari Eron g‘arbidagi Tabriz aeroportidagi ikkita F-5 va F-4 qiruvchi samolyotiga zarba berganini ma’lum qildi.Iroq poytaxti Bag‘dodda namoyishchilar AQSh elchixonasi joylashgan “yashil hudud”ga kirishga uringan. Xavfsizlik kuchlari beton to‘siqlar va suv purkagichlar yordamida ularni to‘xtatgan.Bahrayn poytaxti Manamadagi "Crown Plaza" mehmonxonasi Eron harbiylari tomonidan hujumga uchragan, binoga moddiy zarar yetgan, ammo qurbonlar yo‘qligi ma’lum qilindi.Tehron qo‘shni davlatlarni AQSh harbiy bazalarini yopishga chaqirib, ularni ehtimoliy javob zarbalari uchun qonuniy nishon deb atadi.Diplomatik bayonotlarEron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Said Xatibzoda Fors ko‘rfazi davlatlarini o‘z hududidagi AQSh harbiy bazalarini yopishga chaqirdi. Aks holda Tehron javob choralarini ko‘rishini aytdi.Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva Xitoy bilan muvofiqlashgan holda BMT va ShHT platformalari orqali zudlik bilan jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirishini bildirdi.Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I esa AQSh va Isroilning Eronga qarshi zarbalarini va suveren davlat rahbarini ochiqchasiga o‘ldirish va hokimiyatni o‘zgartirishga undashni “nomaqbul” deb atab, diplomatik muzokaralarga qaytish zarurligini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260301/iran-rahbar-xomanaiy-halok-56033485.html
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/01/56036614_150:0:1350:900_1920x0_80_0_0_727f82ca2f5ef44b323ee0438ef12dae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eron, yaqin sharq, fors ko‘rfazi, hurmuz bo‘g‘ozi, tankerlar, marinetraffic, reuters, isna, irib, bag‘dod, manama, crown plaza, sergey lavrov, van i, aqsh, isroil, dronlar, raketa zarbalari
eron, yaqin sharq, fors ko‘rfazi, hurmuz bo‘g‘ozi, tankerlar, marinetraffic, reuters, isna, irib, bag‘dod, manama, crown plaza, sergey lavrov, van i, aqsh, isroil, dronlar, raketa zarbalari
Tanker cho‘ktirilishi, qiruvchi samolyotlarga hujum, xalqaro bayonotlar: Eron bo‘yicha yangiliklar
17:40 01.03.2026 (yangilandi: 10:12 02.03.2026) Yaqin Sharqdagi mojaro kengaymoqda. Fors ko‘rfazida yuzlab tankerlar to‘xtadi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozida xavf kuchaydi.
TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Eron va butun Yaqin Sharqda vaziyat tobora keskinlashmoqda: Fors ko‘rfazi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofida dengiz harakati cheklanmoqda, Eron va Isroil o‘rtasidagi zarbalar
davom etmoqda.
Fors ko‘rfazida tankerlar to‘xtadi
"Reuters" agentligining xabar berishicha, kamida 150 ta tanker, jumladan, xom neft va suyultirilgan gaz tashuvchi kemalar Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan tashqaridagi Fors ko‘rfazi suvlarida langar tashlagan. Yana o‘nlab kemalar bo‘g‘ozning narigi tomonida to‘plangan.
Avvalroq Eron harbiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopganini ma’lum qilgan.
Dengiz xavfsizligi markazi Palau bayrog‘i ostidagi tankerga hujum uyushtirilganini, ekipajning to‘rt a’zosi jarohatlanganini ma’lum qilgan. Eronning IRIB teleradiokompaniyasi esa zarbaga uchragan tanker cho‘kib ketayotgani haqida xabar berdi.
Qurbonlar va yangi zarbalar
ISNA agentligi ma’lumotiga ko‘ra, AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eronning markaziy qismida kamida 12 nafar harbiy halok bo‘lgan. Eron Qizil yarim oyligi 28-fevral holatiga ko‘ra hujumlar natijasida 201 kishi halok bo‘lgani va 747 kishi jarohatlanganini bildirgan.
IRIB ma’lum qilishicha, Eron dronlar yordamida raketa zarbalarining yangi to‘lqinini boshlagan. O‘z navbatida, Isroil harbiy-havo kuchlari Eron g‘arbidagi Tabriz aeroportidagi ikkita F-5 va F-4 qiruvchi samolyotiga zarba berganini ma’lum qildi.
Iroq poytaxti Bag‘dodda namoyishchilar AQSh elchixonasi joylashgan “yashil hudud”ga kirishga uringan. Xavfsizlik kuchlari beton to‘siqlar va suv purkagichlar yordamida ularni to‘xtatgan.
Bahrayn poytaxti Manamadagi "Crown Plaza" mehmonxonasi Eron harbiylari tomonidan hujumga uchragan, binoga moddiy zarar yetgan, ammo qurbonlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Tehron qo‘shni davlatlarni AQSh harbiy bazalarini yopishga chaqirib, ularni ehtimoliy javob zarbalari uchun qonuniy nishon deb atadi.
Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Said Xatibzoda Fors ko‘rfazi davlatlarini o‘z hududidagi AQSh harbiy bazalarini yopishga chaqirdi. Aks holda Tehron javob choralarini ko‘rishini aytdi.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva Xitoy bilan muvofiqlashgan holda BMT va ShHT platformalari orqali zudlik bilan jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirishini bildirdi.
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I esa AQSh va Isroilning Eronga qarshi zarbalarini va suveren davlat rahbarini ochiqchasiga o‘ldirish va hokimiyatni o‘zgartirishga undashni “nomaqbul” deb atab, diplomatik muzokaralarga qaytish zarurligini ta’kidladi.