https://oz.sputniknews.uz/20260309/tog-safar-gid-maslahatlar-56186547.html
Tog‘ safariga birinchi marta chiquvchilar nimalarni olishi kerak —professional gid maslahatlari
Tog‘ safariga birinchi marta chiquvchilar nimalarni olishi kerak —professional gid maslahatlari
Sputnik O‘zbekiston
Matvey Zikin 15-yildan beri tog‘larga qiziqib keladi, so‘nggi besh yilda esa O‘zbekistonda professional gid sifatida ishlamoqda. U videoda boshlovchilar uchun muhim maslahatlar va xavfsizlik qoidalarini aytib o‘tdi.
2026-03-09T18:55+0500
2026-03-09T18:55+0500
2026-03-09T18:55+0500
video
turizm
o‘zbekiston
jamiyat
xavfsizlik
surxondaryo
qashqadaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/09/56183568_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_779dbb0d22ea2b2189424463237518a8.png
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Matvey Zikin 15-yildan beri tog‘larga qiziqib keladi, so‘nggi besh yilda esa O‘zbekistonda professional gid sifatida faoliyat yuritmoqda. U ushbu videoda tog‘ safarlarini endi boshlayotganlar uchun muhim maslahatlar berdi.Matveyning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda tog‘ safarlari ancha ommalashgan. Shu bilan birga, hozir tajribasiz va litsenziyasiz holda odamlarni tog‘ga olib chiquvchilar ham uchrab turibdi.Matvey O‘zbekistonda qiziqarli yo‘nalishlar ko‘pligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi tog‘lar yetarlicha baholanmagan. Bu hududlarda nafaqat go‘zal manzaralar, balki qadimiy qishloqlar ham bor.Gidning maslahaticha, birinchi safarni yengil yo‘nalishlardan boshlagan ma’qul. Aks holda, dastlabki qiyin tajriba odamda tog‘ safarlariga bo‘lgan qiziqishni so‘ndirib qo‘yishi mumkin.Matveyning tushuntirishicha, yengil safarlarga hatto sport bilan muntazam shug‘ullanmaydiganlar ham chiqishi mumkin. Ammo o‘rta darajadagi yo‘nalishlar uchun kamida piyoda yurishga odatlanish va jismoniy tayyorgarlik zarur.Uning ta’kidlashicha, tog‘da eng qiyin bosqichlardan biri pastga tushish hisoblanadi. Chunki tepaga ko‘tarilishda kuch sarflanadi, jarohatlar esa ko‘pincha aynan qaytish yo‘lida yuz beradi. Shuning uchun kuchni to‘g‘ri taqsimlash muhim.Tamaddi uchun esa tez hazm bo‘ladigan mahsulotlar — batonchik, yong‘oq kabilar ma’qul. Bundan tashqari, bodring yoki pomidor olish va eng muhimi, yetarlicha suv zaxira qilish zarur
https://oz.sputniknews.uz/20250916/chimyon-qish-snoubord-yoz-tog-sayyohlik-51987402.html
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/09/56183568_480:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_7e46ea0a227a772882b1619dad7d6c66.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
matvey zikin, professional gid, tog‘ safarlari, o‘zbekiston tog‘lari, tog‘ turizmi, xavfsizlik qoidalari, boshlovchilar uchun maslahat, litsenziyali gid, ekipirovka, tog‘dagi xatolar, qashqadaryo tog‘lari, surxondaryo tog‘lari
matvey zikin, professional gid, tog‘ safarlari, o‘zbekiston tog‘lari, tog‘ turizmi, xavfsizlik qoidalari, boshlovchilar uchun maslahat, litsenziyali gid, ekipirovka, tog‘dagi xatolar, qashqadaryo tog‘lari, surxondaryo tog‘lari
Tog‘ safariga birinchi marta chiquvchilar nimalarni olishi kerak —professional gid maslahatlari
Eksklyuziv
Professional gid Matvey Zikin tog‘ safarlarini endi boshlayotganlar uchun muhim maslahatlar, xavfsizlik qoidalari va keng tarqalgan xatolar haqida gapirdi
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Matvey Zikin 15-yildan beri tog‘larga qiziqib keladi, so‘nggi besh yilda esa O‘zbekistonda professional gid sifatida faoliyat yuritmoqda. U ushbu videoda tog‘ safarlarini endi boshlayotganlar uchun muhim maslahatlar berdi.
Matveyning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda tog‘ safarlari ancha ommalashgan. Shu bilan birga, hozir tajribasiz va litsenziyasiz holda odamlarni tog‘ga olib chiquvchilar ham uchrab turibdi.
Uning aytishicha, sertifikatlangan gidda maxsus beydjik bo‘ladi va undagi QR-kod orqali gid haqidagi ma’lumotlarni tekshirish mumkin.
Matvey O‘zbekistonda qiziqarli yo‘nalishlar ko‘pligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi tog‘lar yetarlicha baholanmagan. Bu hududlarda nafaqat go‘zal manzaralar, balki qadimiy qishloqlar ham bor.
Gidning maslahaticha, birinchi safarni yengil yo‘nalishlardan boshlagan ma’qul. Aks holda, dastlabki qiyin tajriba odamda tog‘ safarlariga bo‘lgan qiziqishni so‘ndirib qo‘yishi mumkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ishtirokchilarning eng ko‘p xatosi — beparvolik. Ko‘pchilik oldindan berilgan tavsiyalarni o‘qimaydi, o‘zlari bilan nima olish, qanday kiyinish va nimalarga tayyor turish kerakligiga yetarlicha e’tibor bermaydi.
Matveyning tushuntirishicha, yengil safarlarga hatto sport bilan muntazam shug‘ullanmaydiganlar ham chiqishi mumkin. Ammo o‘rta darajadagi yo‘nalishlar uchun kamida piyoda yurishga odatlanish va jismoniy tayyorgarlik zarur.
Uning ta’kidlashicha, tog‘da eng qiyin bosqichlardan biri pastga tushish hisoblanadi. Chunki tepaga ko‘tarilishda kuch sarflanadi, jarohatlar esa ko‘pincha aynan qaytish yo‘lida yuz beradi. Shuning uchun kuchni to‘g‘ri taqsimlash muhim.
Yangi boshlovchilar uchun minimal ekipirovka to‘plamiga qulay poyabzal, uzun shim, yengi uzun kiyim va quyoshdan himoya qiluvchi bosh kiyim kiradi. Shuningdek, rukzak, quyoshdan himoya kremi, ko‘zoynak va kichik dori qutichasini ham olish tavsiya etiladi.
Tamaddi uchun esa tez hazm bo‘ladigan mahsulotlar — batonchik, yong‘oq kabilar ma’qul. Bundan tashqari, bodring yoki pomidor olish va eng muhimi, yetarlicha suv zaxira qilish zarur