https://oz.sputniknews.uz/20250916/chimyon-qish-snoubord-yoz-tog-sayyohlik-51987402.html
Tez orada turistlar Chimonda qishda chang‘i va snoubord, yozda tog‘ sayyohlikdan bahramand bo‘ladi
Tez orada turistlar Chimonda qishda chang‘i va snoubord, yozda tog‘ sayyohlikdan bahramand bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyatida turizm infratuzilmasi: mehmonxona, tunnel va shale qurilmoqda
2025-09-16T09:21+0500
2025-09-16T09:21+0500
2025-09-16T09:21+0500
o‘zbekiston
turizm
ichki turizm
chimon
bo‘stonliq tumani
kurort
dam olish maskani
yo‘l
ko‘prik
mehmonxona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/10/51987194_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_d5925cc323f5bf60da0aa5a0cdd4711c.jpg
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi yangi turizm majmuasi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Fransiyaning “MND” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Chimon” xalqaro umummavsumiy kurorti loyihasi uchun 1 ming 278 gektar maydon ajratilgan.Loyiha doirasida mehmonxonalar va dengiz sathidan 3 ming 300 metr balandlikkacha osma dor yo‘li quriladi. Bu to‘liq mavsumiy turizmni ta’minlaydi. Qishda chang‘i va snoubord, boshqa oylarda esa tog‘ sayyohligi va ko‘ngilochar hordiq imkoniyatlari paydo bo‘ladi.Davlat rahbari bu yerdagi mehmonxona, restoran va savdo majmualarini ko‘zdan kechirdi.Jumladan, 6 qavatli zamonaviy mehmonxona 320 nafar sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega. Unda yil davomida o‘rtacha 45 ming turistga xizmat ko‘rsatilishi rejalashtirilgan. E’tiborlisi, bu yerda “Wyndham” brendi bilan hamkorlikda malakali boshqaruv yo‘lga qo‘yilmoqda. Mehmonxonani noyabrda ishga tushirish rejalashtirilgan.Ayni paytda 6 ta shale qurilishi davom etmoqda.Shu yerda 300 ta avtomobilga mo‘ljallangan turargoh ham bor. Uning birinchi qavatida restoran, bolalar maydonchasi va savdo majmuasi tashkil etilgan. Bu nafaqat qulaylik, balki turistlar uchun qo‘shimcha xizmatlarni yaxlit taqdim etish imkoniyatini ham beradi.Umummavsumiy kurort loyihasi doirasida avtomobil yo‘lida tunnel ham qurildi.Ushbu inshoot tarkibiga uzunligi 1 ming 450 metr bo‘lgan asosiy yo‘l qismi, 2 ta ko‘prik va piyodalar yo‘laklari kiradi. U hududdagi tog‘ kurortlariga olib boruvchi asosiy yo‘lni qisqartiradi. Xavfsizlikni oshirib, transportlar harakatini yengillashtiradi. Tunnel orqali soatiga 500 dan ziyod avtomashinalar xavfsiz va qulay harakatlanishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20250825/samarqand-imom-buxoriy-51498130.html
o‘zbekiston
chimon
bo‘stonliq tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/10/51987194_143:0:1280:853_1920x0_80_0_0_5203324492dc7110768cf094f2bbc8e6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
chimon kurortibo‘stonliq turizm, o‘zbekistonda turizm, shavkat mirziyoyev turizm, wyndham mehmonxonasi, chimon osma dor yo‘li, chimon apart-otel, chimon shale, turizm infratuzilmasi o‘zbekiston, o‘zbekiston xalqaro kurort, bo‘stonliq kurort
chimon kurortibo‘stonliq turizm, o‘zbekistonda turizm, shavkat mirziyoyev turizm, wyndham mehmonxonasi, chimon osma dor yo‘li, chimon apart-otel, chimon shale, turizm infratuzilmasi o‘zbekiston, o‘zbekiston xalqaro kurort, bo‘stonliq kurort
Tez orada turistlar Chimonda qishda chang‘i va snoubord, yozda tog‘ sayyohlikdan bahramand bo‘ladi
Toshkent viloyatida qariyb 1 300 gektar maydonda qurilayotgan zamonaviy xalqaro kurort sayyohlar uchun yil davomida xizmat ko‘rsatadi
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi yangi turizm majmuasi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Fransiyaning “MND” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Chimon” xalqaro umummavsumiy kurorti loyihasi uchun 1 ming 278 gektar maydon ajratilgan.
Loyiha doirasida mehmonxonalar va dengiz sathidan 3 ming 300 metr balandlikkacha osma dor yo‘li quriladi. Bu to‘liq mavsumiy turizmni ta’minlaydi. Qishda chang‘i va snoubord, boshqa oylarda esa tog‘ sayyohligi va ko‘ngilochar hordiq imkoniyatlari paydo bo‘ladi.
Davlat rahbari bu yerdagi mehmonxona, restoran va savdo majmualarini ko‘zdan kechirdi.
Jumladan, 6 qavatli zamonaviy mehmonxona 320 nafar sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega. Unda yil davomida o‘rtacha 45 ming turistga xizmat ko‘rsatilishi rejalashtirilgan. E’tiborlisi, bu yerda “Wyndham” brendi bilan hamkorlikda malakali boshqaruv yo‘lga qo‘yilmoqda. Mehmonxonani noyabrda ishga tushirish rejalashtirilgan.
Hududdagi yana bir loyiha doirasida 7 va 5 qavatli apart-otellar, 7 qavatli mehmonxona hamda 2 qavatli restoran qurildi. Yil davomida o‘rtacha 54 mingdan ziyod mehmonni qabul qilish mo‘ljallangan. Majmuada 100 dan ortiq kishi ishli bo‘ladi.
Ayni paytda 6 ta shale qurilishi davom etmoqda.
Shu yerda 300 ta avtomobilga mo‘ljallangan turargoh ham bor. Uning birinchi qavatida restoran, bolalar maydonchasi va savdo majmuasi tashkil etilgan. Bu nafaqat qulaylik, balki turistlar uchun qo‘shimcha xizmatlarni yaxlit taqdim etish imkoniyatini ham beradi.
Umummavsumiy kurort loyihasi doirasida avtomobil yo‘lida tunnel ham qurildi.
Ushbu inshoot tarkibiga uzunligi 1 ming 450 metr bo‘lgan asosiy yo‘l qismi, 2 ta ko‘prik va piyodalar yo‘laklari kiradi. U hududdagi tog‘ kurortlariga olib boruvchi asosiy yo‘lni qisqartiradi. Xavfsizlikni oshirib, transportlar harakatini yengillashtiradi. Tunnel orqali soatiga 500 dan ziyod avtomashinalar xavfsiz va qulay harakatlanishi mumkin.