Eronda ekologik xavf: kislotali yomg‘irlar boshlanishi mumkin —bu O‘zbekistonga ta’sir qiladimi

© REUTERS /Majid AsgaripourIranskiy Krasniy polumesas uje predupredil naselenie o vozmojnix kislotnix dojdax
Iranskiy Krasniy polumesas uje predupredil naselenie o vozmojnix kislotnix dojdax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.03.2026
Obuna bo‘lish
Erondagi neft omborlari portlashi ortidan atmosferaga zaharli birikmalar chiqishi va kislotali yomg‘irlar yog‘ishi mumkinligi aytildi. Ekspert buning O‘zbekistonga ta’sirini izohladi.
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Eron Qizil yarim oy tashkiloti mamlakat aholisini neft omborlaridagi portlashlar oqibatida kislotali yomg‘irlar yog‘ishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Avvalroq Eronning neftni qayta ishlash va taqsimlash milliy kompaniyasi Tehron va Alborzdagi neft omborlari aviazarbalarga uchraganini ma’lum qilgan edi.
Qutqaruvchilarning ta’kidlashicha, neft omborlarining portlashi atmosferaga ko‘p miqdorda zaharli birikmalar — uglevodorodlar, oltingugurt va azot oksidlari chiqishiga sabab bo‘ladi.

Agar shu paytda yomg‘ir yog‘sa, u xavfli tus olib, kuchli kislotali xususiyat kasb etishi mumkin.

Ularning qayd etishicha, bunday holat terida kimoviy kuyishlar va o‘pkaning jiddiy shikastlanishiga olib kelishi ehtimoldan xoli emas. Shu munosabat bilan tashkilot neft omborlaridagi portlashlardan keyin yog‘ingarchilik kuzatilsa, aholini uydan chiqmaslikka chaqirdi.
Shu bilan birga, Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bagai neft omborlariga berilgan zarbalarni keskin qoraladi.
“AQSh va Isroilning Eron xalqiga qarshi jinoiy urushi Eron energetika infratuzilmasiga qasddan zarbalar berish bilan yangi xavfli bosqichga kirdi. Neft omborlariga qilingan bu hujumlar Eron fuqarolariga qarshi maqsadli kimoviy urushdan boshqa narsa emas”, — deb yozgan Bagai X ijtimoiy tarmog‘ida.
Ayni paytda mutaxassislar Eron hududida kuzatilayotgan atmosfera jarayonlarining Markaziy Osiyoga, jumladan O‘zbekistonga ta’siri masalasiga ham e’tibor qaratmoqda.
Iqlimshunos, O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatovning baholashicha, Eron tomondan kelayotgan havo massalari bilan bog‘liq ma’lum ta’sirlar O‘zbekistonda ham sezilishi mumkin, ammo bu katta darajada bo‘lmaydi.

“U o‘sha (Eron — tahr.) tomondan keladi. Lekin bu konsentratsiyalar bizgacha deyarli yetib kelmaydi. Qandaydir miqdorda ta’sirlar bor, ammo katta darajada emas. Lekin ta’sirlar baribir bo‘ladi. Kamayish tendensiyasi tomon trend kuzatilmoqda”, — deb yozdi Abdulahatov o‘zining Telegram-kanalidagi foydalanuvchilar savollariga javoban.

“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, dushanba kuni O‘zbekistonning ba’zi joylarida, xususan Toshkent shahrida yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Silniy liven - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2026
O‘zbekiston shu yil bahordan sun’iy yomg‘ir yog‘dirishni boshlaydi
Yangiliklar lentasi
0